Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Qoraqalpog‘iston Respublikasida yana 267 nafar fuqaroning yer uchastkasiga ijara huquqi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga mulk huquqi e’tirof etildi


Qoraqalpog‘iston Respublikasida yana 267 nafar fuqaroning yer uchastkasiga ijara huquqi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga mulk huquqi e’tirof etildi

Barchamizga ma’lum, muhtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan edi.
Qonun ijrosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan respublika hududida doimiy nazoratga olingan bo‘lib, reja-grafik asosida huquqlarni e’tirof etish ishlari davom etmoqda.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 12-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining beshinchi sessiyasi kun tartibida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Sessiyada mazkur Qonun asosida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi e’tirof etilayotgan 267 nafar fuqaroning ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qarori bilan tasdiqlandi.
Bundan tashqari, aholining ijtimoiy masalalari (doimiy ro‘yxatga qo‘yish, moddiy yordam olish, maktab, bog‘chaga joylashtirish) hamda bino va inshootlarni kommunal tarmoqlarga ulash bo‘yicha muammolari hal etiladi.
Shu o‘rinda, qonun ijrosi bo‘yicha shu kungacha respublikada jami 291 nafar fuqaroning turar joylariga mulk huquqi, yer uchastkasiga ijara huquqi qonuniy ravishda e’tirof etilgan edi.
Albatta bunday ijobiy ishlar natijasida fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga qurilgan imoratlarga mulk huquqini olishi, keyinchalik mazkur uylarni sotishi, me’ros, hadiya qilishi va tasarruf etish huquqlari vujudga keladi, shuningdek, aholining ijtimoiy (propiska, moddiy yordam, maktab, bog‘cha) hamda bino va inshootlarni kommunal tarmoqlarga ulash bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammolarining hal etilishiga imkon beradi.
Shu o‘rinda ma’lumot sifatida aytib o‘tish joizki, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlarni etirof.kadastr.uz sayti orqali olishingiz mumkin.


    Aysanem Abdikadirova
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi
        Adliya vazirligi sho’ba boshlig‘i