Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

E’tiborsiz qoldirilgan xatolik, deyarli chorak asrdan keyin tuzatildi.


E’tiborsiz qoldirilgan xatolik, deyarli chorak asrdan keyin tuzatildi.

So‘nggi yillarda, davlatimiz rahbari tomonidan inson qadrinining ustuvorligini ta’minlash, har bir shaxsning huquq va manfaatlarini kafolotlash, adolatni qaror toptirishga qaratilgan izchil islohatlar natijasida fuqarolarimizda ertangi kuniga bo‘lgan ishonchi, o‘z huquqlarini qaror toptirishga bo‘lgan intilishi kundan-kunga oshib bormoqda.
Xususan, Ellikqal’a tumani adliya bo‘limiga tumanning “Bo‘ston” MFYda yashovchi fuqaro A.Karimova murojaat qilib marhum turmush o‘rtog‘i N.Po‘latovning birinchi oilasidan tug‘ilgan farzandi B.Abdullayev 2003-yilda tug‘ilib, 1 hafta yashab vafot etganligini, lekin oradan 22 yil o‘tganligiga qaramasdan shu kunga qadar FHDY markazi bazasida tirik holatda turganligni ma’lum qilib, mazkur xatolikni bartaraf qilishda amaliy yordam so‘ragan.
Mazkur murojaat Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilganida, fuqaro A.Karimova 2012-yil marhum N.Po‘latov bilan turmush qurganligi, marhum N.Po‘latov 2024-yil vafot etganligi, uning 2003-yildagi G.Ismailova bilan birinchi turmushidan 2003-yil 21-noyabrda Beksulton ismli farzandi dunyoga kelganligi,  lekin, B.Abdullayev tug‘ilganida keyin 1 hafta yashab, 2003-yil 25-noyabrda vafot etganligi, yaqinlari tomonidan e’tiborsizlik oqibatida ma’sul tashkilotlarga hech qanday xabar berilmasdan Beruniy tumani, “Abdulla Eshon” qabristoniga dafn etilganligi, uni dunyoga keltirgan onasi G.Ismailova ham 2003-yil 2-dekabr kuni vafot etganligi sababli B.Abdullayevning o‘limi haqidagi dalolatnomasi rasmiylashtirilmaganligi aniqlandi.
Shuningdek, Ellikqal’a tuman FHDYo bo‘limi tomonidan 2025-yil 3-iyul kuni berilgan ma’lumotnomada B.Abdullayevning o‘limini tasdiqlovchi hech qanday asoslantiruvchi hujjatlar mavjud emasligi sababli FHDYo dalolatnomasi yozuviga o‘zgartirish kiritishning imkoni yo‘qligi, marhumning vafot etganlik fakti sud tartibida belgilansagina yozuvlarga o‘zgartirish kiritish mumkinligi bildirilgan.
Shunga koʻra, Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi tomonidan marhum B.Abdullaevning 2003-yil 28-noyabrda vafot etganlik faktini aniqlash va sud tartibida belgilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 4, 293, 295, 296, 297-moddalariga asosan marhum B.Abdullayevning manfaatidan sudga da’vo arizasi kiritildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudi tomonidan joriy yilning 20-avgust kuni chiqarilgan hal qiluv qarori bilan marhum B.Abdullayevning 2003-yil 28-noyabr kuni vafot etganlik fakti aniqlanib, sud tartibida belgilandi. E’tiborsiz qoldirilgan ushbu xatolik deyarli chorak asrdan keyin tuzatilib, shaxs huquqlari tiklanishi ta’minlandi.

Ellikqal’a tumani adliya
bo‘limi boshlig‘i v.v.b.                          O.Reyimbayev