Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Noqonuniy qo‘llangan ma’muriy jarima bekor qilindi.


Noqonuniy qo‘llangan ma’muriy jarima bekor qilindi.

So‘nggi yillarda, yurtimizda inson huquqlarining ustuvorligini ta’minlash, har bir shaxsning manfaatlarini himoya qilish, adolatni qaror toptirishga qaratilgan islohatlar samarasi o‘laroq xalqimizda qonun ustuvorligiga bo‘lgan ishonchi kun sayin oshib bormoqda.
Xususan, Ellikqal’a tumani adliya bo’limiga tumanning “Ibn Sino” MFYda yashovchi U.Davletov o‘ziga nisbatan chiqarilgan sudining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qaroridan noroziligini bildirib murojaat qildi.
Tumani adliya bo‘limi xodimlari tomonidan holat atroflicha o‘rganilganida, fuqaro U.Davletov birinchi instansiya sudining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksing
101-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilganligi, sud tomonidan fuqaroni ma’muriy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lgan gaz korxonasi xodimi tomonidan 22.04.2025-yilda tuzilgan “Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati yuzasidan gaz hajmini hisoblash dalolatnomasi” noqonuniy tuzilganligi, chunki, fuqaro umumiy foydalanishdagi gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanmaganligi, fuqaro U.Davletov 2024-yil noyabr oyida xonadonimni gaz tarmog‘iga ulash uchun ariza berganligi, shundan keyin, tuman gaz korxonasining ma’sul xodimi uyiga kelib xonadonini tabiiy gaz tarmog‘iga ulab berganligi, lekin, iste’molchi bilan shartnoma tuzishni qasddan kechiktirib kelganligi aniqlandi.
Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qaroriga 2-ilova bilan tasdiqlangan “Tabiiy gazdan foydalanish Qoidalari”ning 59-bandida maishiy iste’molchilar bilan tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi tuzilmagan taqdirda, shartnoma iste’molchi gaz tarmog‘iga belgilangan tartibda amalda ulangan vaqtdan boshlab tuzilgan hisoblanishi, bunda gaz ta’minoti tashkiloti mazkur iste’molchi bilan tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasini tuzishi hamda mazkur Qoidalardagi talablar ta’minlanishi yuzasidan zarur choralarni ko‘rishi shartligi begilangan. Shuningdek, fuqaroga nisbatan dalolatnoma rasmiylashtirishda ham bir qator qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
    Ellikqal’a tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaroga yuqori instansiya sudiga apellatsiya ariza loyihasi tayorlab berilishi natijasida apellatsiya instansiyasi sud tomonidan noqonuniy tuzilgan dalolatnoma hamda birinchi instansiya sudi qarorlari bekor qilinib fuqaroning huquqlari tiklanishi ta’minlandi.

Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlar markazi direktori             N.Xadjiyev