Янгиликлар
22
Eh, rahbar va ma’sullar ma’suliyatli va e’tiborli bo‘lganida edi?
Eh, rahbar va ma’sullar ma’suliyatli va e’tiborli bo‘lganida edi?
samarali faoliyat yurituvchi boshqaruv tizimini shakllantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ma’muriy islohotlar amalga oshirildi.
Jumladan, davlat organlarining sohaga oid bo‘lmagan vazifalarini qisqartirish va faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali ularning tuzilmasi o‘rtacha 15 foizga maqbullashtirildi, shuningdek, 26 ta davlat organlari va tashkilotlarida 40 ta rahbar o‘rinbosarlari lavozimlari qisqartirildi.
Yangi O‘zbekiston sharoitida zamonaviy talablarga javob beradigan ixcham davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish, qaror qabul qilish va masalani ko‘rib chiqish jarayonlarini soddalashtirish orqali davlat organlari rahbarlarining mas’uliyatini oshirish hamda ular faoliyatini natijadorlikka yo‘naltirish, shuningdek, Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabr kungi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269 sonli farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvar kunidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi qayta tashkil etilgan edi.
Ushbu farmon qabul qilingan vaqtda tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limida ishlovchi sobiq xodimi G.Ametova 2022-yil 24-avgust kunidan boshlab bola parvarishi ta’tilida edi.
Lekin tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi va Bandlikka ko‘maklashish markazi rahbar va ma’sul xodimlari ushbu farmon talablarini o‘z xoliga tashlab quyishi oqibatida G.Ametova ish joyiga qaytishi kerak bo‘lgan, ammo 2024-yil 5-iyun kunidan boshlab bugungi kunga qadar ma’sullardan tayinli javob ola olmagan.
Sabri to‘lgan G.Ametovaning tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat etishi bilan ular tomonidan ko‘rilgan amaliy chora-tadbirlar natijasida Fuqarolik ishlari buyicha Chimboy tumanlararo sudining hal qiluvchi qaroriga asosan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga ishga tiklandi.
Va nihoyat, adolat qaror topganidan hamma hursand. Hammasidan ham G.Ametova va uning oila-a’zolari!
Kegeyli tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Salamat Bazarbaev