Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishda xususiy ayblov instituti joriy etiladi


Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishda xususiy ayblov instituti joriy etiladi

Qonun (O‘RQ–1075-son, 10.07.2025-y.) bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonun bilan Kodeksga ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni bekor qilishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritildi, jumladan:
avtomat telefonlarni shikastlantirganlik;
ruxsatsiz radiouzatkich shoxobchasi o‘rnatish va (yoki) undan foydalanganlik.
Shuningdek, ayrim belgilangan  ma’muriy huquqbuzarliklar (xususan, tuhmat, haqorat qilish va boshqalar) jabrlanuvchining huquqbuzarni javobgarlikka tortish haqidagi arizasiga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilandi.
Biroq, jabrlanuvchi nochor ahvolda bo‘lganligi, voyaga yetmaganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z huquqlarini himoya qila olmasa, vakolatli organning mansabdor shaxsi jabrlanuvchining arizasisiz ish yuritishni boshlashi shart.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirishi belgilangan.

Qonliko‘l tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari direktori         B.Matjanova