Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

O‘ZBEKISTON XALQARO HAMKORLIKNI KENGAYTIRMOQDA: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH


O‘ZBEKISTON XALQARO HAMKORLIKNI KENGAYTIRMOQDA: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-iyuldagi “Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi PQ-240-sonli qaroriga muvofiq, mamlakatimiz yana bir muhim xalqaro hujjatga a’zo bo‘ldi. Bu haqdagi yangilik, ayniqsa, korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi davlat siyosatini yanada kuchaytirishga qaratilgan muhim qadam sifatida qabul qilinmoqda.
Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi Bitimga rasman qo‘shildi. Ushbu Bitim 2013-yil 25-oktyabr kuni Minsk shahrida imzolangan bo‘lib, u korrupsiyaga qarshi kurashda davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ushbu Bitimga qo‘shilish O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi xalqaro majburiyatlarini yanada kengaytirishini anglatadi. Hujjatga muvofiq, Tashqi ishlar vazirligi Bitim depozitariysiga uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yuboradi.
Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari xalqaro shartnoma kuchga kirgandan so‘ng uning qoidalari bajarilishini ta’minlashga mas’uldir. Bu esa mamlakatning korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi xalqaro standartlar va tajribalarni o‘z faoliyatiga yanada keng joriy etishini anglatadi.
Ushbu tarixiy qadam O‘zbekistonda ochiqlik, shaffoflik va qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, “Inson qadri uchun” tamoyili asosida davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaga murosasiz muhit yaratishga qaratilgan.

Notariat, advokatura va mediatsiya
sho‘basi bosh maslahatchisi Sh.Saliyeva