Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Xodimga moddiy yordam puli to‘lab berildi


Xodimga moddiy yordam puli to‘lab berildi


    O‘zbekiston Respublikasi O‘lat profilaktika markazi Qoraqalpog‘iston filiali To‘rtko‘l bo‘limi dezinfektori Shavkat Matyakubov o‘z sog‘ligini tiklash maqsadida o‘z ish joyidan moddiy yordam to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib tuman adliya bo‘limiga murojaat qilgan.
Mazkur murojaat adliya bo‘limi tomonidan “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolatlari” huquqiy aksiyasi doirasida o‘rganilganida, haqiqatdan ham murojaat egasiga 2024-yil 13-sentabrda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganiga qaramasdan unga moddiy yordam to‘lab berilmagani aniqlandi.
Vaholanki, 2023-yil 16-yanvar kungi (Аdliya vazirligi tomonidan 3416-son bilan ro‘yxatga olingan) “Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida”gi Nizomining 18-bandida “tibbiyot muassasalari xodimlariga ularning murojaatiga ko‘ra yoki tegishli tibbiyot muassasasi kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi bilan (yaqin qarindoshlarning vafot etishi, og‘ir jarohatlar olish, kasal bo‘lish, tabiiy ofatlar oqibatlarida) moddiy yordam ko‘rsatilishi belgilangan.
Mazkur holat yuzasidan adliya bo‘limi tomonidan O‘lat profilaktika markazi Qoraqalpog‘iston filiali To‘rtko‘l bo‘limiga kiritilgan taqdimnomaga asosan, To‘rtko‘l bo‘limi dezinfektori Shavkat Matyakubovga bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari miqdorida moddiy yordam puli to‘lab berilishi taʼminlandi.

To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti N.Аbduraxmanova