Янгиликлар
13
Xodimlarga kompensatsiya puli to‘lab berildi
Xodimlarga kompensatsiya puli to‘lab berildi
To‘rtko‘l tumani O‘lat profilaktika markazi Qoraqalpog‘iston filiali To‘rtko‘l bo‘limida ishlovchi Nurimurat Satmatov va Xaldurdi Berdievlar mehnat taʼtillari noto‘g‘ri hisob kitob qilinganligi sababli, mehnat taʼtillari kunlari va pullarini qayta hisob kitob qilinmayotganligi holatidan norozi bo‘lib To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limiga murojaat qilgan.
Mazkur murojaatlar o‘rganish davomida, haqiqatdan ham bo‘lim xodimlari Nurimurat Satmatov va Xaldurdi Berdievlarga berilgan mehnat taʼtillariga bo‘limning jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha taʼtil kunlari qo‘shib hisoblanmaganligi va xodimlarga mehnat taʼtil pullari to‘liq to‘lab berilmaganligi aniqlandi.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 219-moddasida “qo‘shimcha taʼtillar qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda beriladi” deb belgilangan.Shuningdek,Mehnat kodeksining 222-moddasida “har yilgi mehnat taʼtilining umumiy davomiyligini hisoblab chiqarishda qo‘shimcha taʼtillar har yilgi asosiy eng kam taʼtil yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan taʼtilga qo‘shib jamlanadi” deb ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan, tuman adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan, O‘lat profilaktika markazi Qoraqalpog‘iston filiali To‘rtko‘l tuman bo‘limi xodimlari Nurimurat Satmatov va Xaldurdi Berdievlarga mehnat taʼtili kunlariga qo‘shimcha taʼtil kunlarini qo‘shib qayta hisoblab, foydalanilmay qolgan qo‘shimcha mehnat taʼtili uchun jami 5.029.788 (besh million yigirma to‘qqiz ming yettiyuz sakson sakkiz)so‘m pulli kompensatsiya to‘lab berilishi taʼminlandi.
To‘rtko‘l tuman аdliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti N.Radjapova