Янгиликлар
13
Ustama pullar undirib berildi
Ustama pullar undirib berildi
Mo‘ynoq tumani adliya bo‘limiga tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 10-son maktabda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi lavozimida ishlovchi Aybol Saparbayev ikkinchi toifaga ega ekanligi, lekin shu kunga qadar unga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi “Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 591-sonli qarori bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan ustama pullari to‘lab berilmaganidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.
Murajaat yuzasidan bo‘lim tomonidan Qo‘ng‘irot tumanlararo sudiga davo arizasi kiritilib fuqaroga to‘lab berilmagan ustama pullari va unga hisoblangan penya, ya’ni jami 3 563 893 (uch million besh yuz oltmish uch ming sakkiz yuz to‘qson uch) so‘mni undirish bo‘yicha sud qarori qabul qilindi va fuqaroning murojati ijobiy hal etildi
Mo‘ynoq tumani
adliya bo‘limi boshlig‘i R.Annarazov