Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Аyollar daftariga kimlar kiritiladi


                                        Аyollar daftariga kimlar kiritiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 31 mart kun “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashti rish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror 1- Ilovasi bilan Nizom tasdiqlangan.Ushbu Nizomning 2-bob, 4-bandiga ko‘ra,”Аyollar daftariga” 30-yoshdan oshmagan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritilishi belgilangan.
Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar — bandligi taʼminlanmagan, ishlash istagida bo‘lgan va daromad manbaiga ega bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
-tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar — bandligi taʼminlanmagan, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
-boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar — boquvchisi vafot etgan, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan, ruhiy kasallikka chalingan, I-II guruh nogironligi bo‘lgan hamda doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan, bedarak yo‘qolgan (sud qaroriga asosan) yoxud boshqa sabablarga ko‘ra boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar, farzandlari voyaga yetmagan boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand ayollar, shuningdek, nikohi bekor qilingan ehtiyojmand xotin-qizlar va ehtiyojmand yolg‘iz onalar (FHDYo organlarining maʼlumotnomasi asosida);
-ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar — mehnatga layoqatsiz, o‘zgalar parvarishiga, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
-uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar — noturar joylarda istiqomat qilayotgan, doimiy yashash uchun turar joyi bo‘lmagan, bir xonadonda (kichik hovlida) uch va undan ortiq oila yashayotgan (uy-joy maydoni belgilangan ijtimoiy normadan kam bo‘lgan), biroq o‘zining yoki birgalikda yashovchi oila aʼzolarining nomida turar joy mavjud bo‘lmagan, xususiy uy-joy fondida ijara huquqi asosida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
-qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar — nogironligi bo‘lgan voyaga yetmagan (I guruh nogironligi bo‘lgan farzandi yoshidan qatʼiy nazar) farzandini bevosita parvarishlayotgan va (yoki) surunkali kasallikning og‘ir turlariga chalingan bolalari mavjud bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar.
Xulosa o‘rnida aytganda,mazkur qaror tom maьnoda, yurtimizda ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlar bilan «Аyollar daftari»ni yuritish orqali ishlash tizimini yanada takomillashtirishga yordam berishi,shubhasiz.


To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘I                                B.Аvazmetov