Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Mas’uliyati cheklangan jamiyat ochish tartibi qanday?


Mas’uliyati cheklangan jamiyat ochish tartibi qanday?

Mas’uliyati cheklangan jamiyat bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.
Jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishga yoki ularning ustav fondida (ustav kapitalida) boshqacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar va filiallar tuzishga haqlidir.
Jamiyat qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin.
Ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilanadigan ayrim faoliyat turlari bilan jamiyat faqat litsenziya asosida shug‘ullanishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyat boshqaruvining oliy organi hisoblanadi.
Jamiyatni onlayn (new.birdarcha.uz) yoki shaxsan Davlat xizmatlari markaziga borib davlat ro‘yxatidan o’tkazishingiz mumkin.

Qanliko‘l tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlar markazi xodimi         D.Qudenov