Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Chimboy tumani adliya bo‘limiga 2024-2025-yillarning 1-yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning TAHLILI


Chimboy tumani adliya bo‘limiga

2024-2025-yillarning 1-yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning

TAHLILI

 

Chimboy tumani adliya bo‘limiga 2025-yil 6 oyida 164 ta, 2025-yil 6 oyida 117 ta (-47) murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlar soni o‘tgan yilga nisbatan 28,6 %ga kamaygan.

2024-yilning 6 oyida kelib tushgan murojaatlarning 129 tasi (78,7%) qanoatlantirilgan, 19 ta (11,7%) murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berilgan, 3 tasi (1,8%) ko‘rmasdan qoldirilgan, 12 ta (7,4%) murojaatlar tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

2025-yil 6 oyi davomida kelib tushgan murojaatlarning 72 tasi (-57) (61,5%) qanoatlantirilgan, 36 tasiga (+17) (30,7%) huquqiy tushuntirishlar berilgan, 5 ta (-7) (4,3%) murojaatlar tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan taqqoslama ma’lumot

(2024-yil 6 oyi va 2025-yil 6 oyi)


Jami kelib tushgan murojaatlar soni

Qanoatlantirilgan murojaatlar soni

Tushuntirish berilgan soni

Ko‘rmasdan qoldirilgan

2024-yil

2025-yil

2024-yil

2025-yil

2024-yil

2025-yil

2024-yil

2025-yil

164

117

129

72

19

36

3

0

Murojaatlarni turlari kesimida tahlil qilinganda 2024-yilning 6 oyida 94 ta arizalar, 70 ta shikoyatlar, 2025-yilning 6 oyi davomida esa 29 ta arizalar (-65), 88 ta (+18) shikoyatlar kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaatlar xususiyati bo‘yicha tahlil qilinganda 2025-yil 6 oyida mehnat nizolari (43 ta, +414), ijtimoiy himoya bilan bog‘liq (5 ta, +59), uy-joy (2 ta, +18), ta’limga doir (1 ta, +3) tashkil etmoqda.

Qanoatlantirilgan shikoyatlar yuzasidan qo‘llanilgan ta’sir choralari tahlil qilinganda 2024-yil 6 oyida 6 ta taqdimnomalar, 4 ta da’vo arizalari, da’vo summasi 126,0 mln so‘m kiritilgan.

2025-yil 6 oyi davomida 7 ta (+1) taqdimnomalar, 27 ta (+23) da’vo arizalari, da’vo summasi 545,4 mln so‘m (+419,4) kiritilgan.

Murojaatlar yuzasidan qo‘llanilgan ta’sir choralari natijalari tahlil qilinganda 2024-yil 6 yoida 3 ta shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan,
2 ta shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 3 ta hujjatlar bekor qilingan (ijrosi to‘xtatilgan) hamda jismoniy va yuridik shaxslarning foydasiga 126,0 mln so‘m pul mablag‘lari undirilgan.

2025-yil davomida 2 ta (-1) shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan, 2 ta (0) shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 2 ta (-1) hujjatlar bekor qilingan (ijrosi to‘xtatilgan) hamda jismoniy va yuridik shaxslarning foydasiga 505,1 so‘m (+ 379,1 mln so‘m) pul mablag‘lari undirilgan

Tahlil natijalariga ko‘ra, mehnat nizolari masalasida kelib tushgan murojaatlarda asosan ishdan noqonuniy bushatganligi, ishga qayta tiklash va ish haqilarini undirish bayon qilingan.

Ijtimoiy sohada kelib tushgan murojaatlarda asosan pensiyaga chiqish pensiyani rasmiylashtirish, tayinlash tartiblari, pensiyani hisoblash, qayta hisoblash va to‘lash holatlari shuningdek, moddiy yordam tayinlanmayotganligi bayon qilingan.

Uy-joyga va yerga doir sohada kelib tushgan murojaatlarda esa, fuqarolar o‘rtasidagi o‘zora yerga va uy-joyga oid da’volar haqida bayon qilingan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, kelgusida mazkur sohadagi murojaatlarni sonini yanada kamaytirish maqsadida:

kelgusida shikoyatlar ko‘paygan sohalarni ish-rejalarga kiritish yoki monitoring asosida o‘rganishlarni tashkil etish;

murojaatlar ko‘paygan sohalarga mas’ul bo‘lgan tuman idora rahbarlari va xodimlari ishtirokida sayyor qabullar tashkil etish, xususan oldagi vaqtlari sayyor qabullar grafigini mahallar kesimida ishlab chiqilishiga, shuningdek, o‘tkaziladigan sayyor qabullarning samaradorligiga, mehnat jamoatlarida o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratish;

murojaatlarning qanoatlandirish darajasini keskin oshirishga hamda har chorak yakuni bilan murojaatlarning umumlashtirilishiga, umumlashtirish natijasida tegishli choralar ko‘rilishiga jiddiy e’tibor qaratilishi;

qaysi tashkilot xodimlari xatti-harakatlariga nisbatan ko‘proq shikoyatlar kelib tushgan bo‘lsa, mazkur tashkilotlarda huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish yoki uning yuqori turuvchisiga taqdimnoma, ogohnoma kiritish yoki taklif va tavsiyalar yuborish maqsadga muvofiq hisoblanadi.


Chimboy tumani adliya bo‘limi