Янгиликлар
01
Davlat xizmatlarini ko’rsatish yo’nalishidagi yangiliklar
Davlat xizmatlarini ko’rsatish yo’nalishidagi yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-fevraldagi Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalarini va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi 72-son qaroriga asos belgilangan tartibda tashkil etilgan bo‘linmani yoki boshlang‘ich tashkilotni hisobga qo‘yish haqida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda ariza beruvchi bo‘linma yoki boshlang‘ich tashkilotni hisobga qo‘yish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga Davlat xizmatlari markazlari yoki Platforma yoxud YIDXP orqali murojaat qilishi belgilangan.
Bo‘linma va boshlang‘ich tashkilot to‘g‘risidagi nizomlarda quyidagilar nazarda tutiladi:
nomi, maqsad va vazifalari, tashkiliy-huquqiy shakli;
faoliyat ko‘rsatish hududi (bo‘linma uchun);
kasaba uyushmasiga a’zolikka qabul qilish va undan chiqish (chiqarish) shartlari, a’zolarning huquq va majburiyatlari;
kasaba uyushmasiga a’zolik badallarini to‘lash tartibi va ularning miqdorlari;
tuzilmasi va rahbar organlari, zarur bo‘lgan taqdirda nazorat-taftish organlari;
rahbar organlarining vakolati va ularni shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari muddatlari, doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi rahbar organining joylashgan yeri;
pul mablag‘i va boshqa mol-mulkni shakllantirish manbalari, shuningdek, ularni boshqarish tartibi;
a’zolar oldida hisobot berish tartibi va muddatlari;
qayta tashkil etish va tugatish tartibi;
nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi.
Nizomlarda bo‘linma va boshlang‘ich tashkilot faoliyatiga taalluqli bo‘lgan, qonunchilikka va tegishli kasaba uyushmasi ustaviga zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham nazarda tutilishi mumkin.
Bo‘linmani va boshlang‘ich tashkilotni hisobga qo‘yish uchun yig‘im undirilmaydi.
Bo‘linma yoki boshlang‘ich tashkilotni hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi so‘rovnoma ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni muddat ichida ko‘rib chiqilishi belgilangan.
So‘rovnomani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan bo‘linmani yoxud boshlang‘ich tashkilotni hisobga qo‘yish yoki hisobga qo‘yishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Davlat xizmatlari markazi qaror yoki guvohnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga (mavjud bo‘lsa) yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra unga qaror yoki guvohnomani elektron yoxud qog‘oz shaklida berishi shart.
Bo‘linmani va boshlang‘ich tashkilotni hisobga qo‘yish quyidagi hollarda rad etiladi:
taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi aniqlanganda;
taqdim etilgan hujjatlar qonunchilik hujjatlari va tegishli kasaba uyushmasi ustavi talablariga muvofiq bo‘lmaganda;
Nizomga muvofiq shakldagi so‘rovnomada ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq ilova qilinmagan taqdirda.
Davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emaslik vaji bilan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hisobga qo‘yishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda rad etishning sabablari va qonunchilik hujjatlarining aniq normalari ko‘rsatilishi lozim.
Xo‘jayli tumani Adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi
direktori J.Sabirov