Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Prezident Qarori: O‘zbekistonda o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish va yashil maydonlarni kengaytirishning yangi bosqichi


O‘rmon resurslarini barqaror boshqarish, cho‘llanishga qarshi kurashish va "Yashil makon" loyihasini samarali amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘rmon xo‘jaligi tizimini raqamlashtirish va modernizatsiya qilish, yangi o‘rmonzorlar barpo etish va ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan qarori imzolandi.
2030-yilgacha asosiy maqsadlar:
• 1,5 mln gektar o‘rmonlarni tiklash va barpo etish;
• 3,8 ming gektar maydonda dorivor, oziq-ovqat va ziravor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etish;
• 9,2 ming tonna urug‘lik tayyorlash va 919 mln dona ko‘chat yetishtirish;
• 47,7 ming gektar yangi o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish, 500 gektarga "terrasa" usulida daraxtlar ekish;
• O‘rmon fondi yerlarida yiliga 31 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish.
“Aqlli” o‘rmon xo‘jaligini raqamlashtirish va joriy etish:
"O‘rmon xo‘jaligini raqamlashtirish markazi" davlat muassasasi tashkil etiladi, u "Smart Forestry" platformasining operatori bo‘ladi. U quyidagilarni ta’minlaydi:
• O‘rmonlar holatini real vaqt rejimida monitoring qilish;
• Resurslarni boshqarish uchun sun’iy intellekt va integratsiyalashgan tizimlardan foydalanish.
O‘rmon xo‘jaliklarining ixtisoslashuvi:
• Mirzacho‘l bo‘limi - cho‘llanishga qarshi kurash;
• Saksanoat xo‘jaligi - dorivor va rezavor meva ekinlari yetishtirish;
• "Fan - loyiha - amaliyot" modelini rivojlantirish;
• O‘simliklarni klon usulida ko‘paytirish uchun "In-vitro" laboratoriyalarini ochish.

Moliyalashtirish va ekologik jamg‘armalar:
• O‘rmon xo‘jaliklari faoliyatidan olingan daromadlar Ekologiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
• Mablag‘larni shaffof taqsimlash uchun alohida g‘azna hisobvaraqlari ochiladi;
• O‘rmon xo‘jaligi agentligi markaziy apparati budjet va Ekofond mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
• Sanoat maqsadlarida foydalanilgandan keyin yerlarni qaytarish yerdan foydalanuvchi hisobidan majburiy rekultivatsiya qilish bilan birga olib boriladi.
O‘rmon fondi yerlaridan foydalanishning yangi tartibiga ko‘ra 2025 yil 1 noyabrga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib tasdiqlanadi va o‘rmon fondidan chiqib ketgan yerlar boshqa uchastkalarda o‘rmonlar barpo etish yo‘li bilan 1,5-2 baravar miqdorda qoplansin.
2025-2030-yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlariga ko‘ra quyidagilar bo‘yicha miqdoriy rejalar tasdiqlangan:
• o‘rmonlar va ihota daraxtzorlari barpo etish;
• Urug‘lik tayyorlash va ko‘chat yetishtirish;
• Asalarichilik va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish;
• Plantatsiyalarni kengaytirish va yangi yerlarni foydalanishga kiritish.
Shuningdek, ekologik toza mahsulot ishlab chiqarish nazarda tutiladi. Masalan, bioyoqilg‘i, asal, suvenirlar ishlab chiqarish, dorivor o‘simliklar, pista va bodom yetishtirish, noyob hayvonlar pitomniklari va ekoturistik marshrutlarni rivojlantirish, mebelsozlik va yog‘ochsozlik sanoati uchun daraxtzorlar barpo etish.
Ushbu qaror O‘zbekistonning ekologik barqarorlik, o‘rmon xo‘jaligini raqamli transformatsiya qilish va tabiatni asrashda xususiy sektorning rolini oshirish borasidagi yo‘lini tasdiqlaydi. “Yashil makon” loyihasi iqlim o‘zgarishi va cho‘llanish muammolarini bartaraf etish, hayot sifatini oshirish va mamlakatning barqaror rivojlanishini ta’minlashning asosiy vositalaridan biriga aylanmoqda.

Taxiatosh tumani adliya bo‘limi
boshlig‘i  A.Kdirbaev