Янгиликлар
25
Xodimni haqiqatda ishga qo‘yish qay tartibda amalga oshiriladi
Xodimni haqiqatda ishga qo‘yish qay tartibda amalga oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi talablariga asosan Ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan yoxud uning ruxsati bilan xodimni haqiqatda ishga qo‘yish, ishga qabul qilish lozim darajada rasmiylashtirilganligidan yoki rasmiylashtirilmaganligidan qat’i nazar, mehnat shartnomasini ish boshlangan kundan e’tiboran tuzish deb hisoblanadi.
Xodimni haqiqatda ishga qo‘yish ish beruvchini xodimning ishga qabul qilinishini lozim darajada rasmiylashtirish majburiyatidan ozod etmaydi.
Haqiqatda ishga qo‘yilganda ish beruvchi ish boshlangan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda mehnat shartnomasini tuzish va xodimni ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqarish orqali xodim bilan yakka tartibdagi mehnat munosabatini rasmiylashtirishi shart.
Agar jismoniy shaxs ish beruvchi bunga vakolat bermagan xodim tomonidan haqiqatda ishga qo‘yilgan bo‘lsa hamda ish beruvchi yoki uning vakolatli vakili haqiqatda ishga qabul qilingan shaxs va ushbu ish beruvchi o‘rtasida yuzaga kelgan munosabatlarni yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb tan olishni ya’ni haqiqatda ishga qo‘yilgan shaxs bilan mehnat shartnomasini tuzishni, ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqarishni rad etayotgan bo‘lsa, manfaatlarini ko‘zlab ish bajarilgan ish beruvchi bunday jismoniy shaxsga u haqiqatda ishlagan vaqti (bajargan ishi) uchun tegishli murakkablikdagi (malakadagi) ishni bajarganlik uchun belgilangan tarif stavkasidan (maoshdan) kelib chiqib haq to‘lashi shart.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat
qilish sho‘basi bosh maslahatchisi D.Xabibullayeva