Янгиликлар
29
“Transport baholash ekspertizasi oʻtkazish tartibi va ahamiyati”
“Transport baholash ekspertizasi oʻtkazish tartibi va ahamiyati”
Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymanova nomidagi RSEMning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimida huquqni muxofaza qiluvchi organlarning qaror va ajrimi, advokat soʻrovi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari boʻyicha tomonlardan tayinlangan ekspertizalarning oshib borayotganligi, shuningdek, iqtisodiyotning rivojlanishi bilan sugʻurta va bank xizmatlarining, sud transport-baholash ekspertizalarini oʻtkazish haqida va mutaxassis fikrini olish haqida sugʻurta kompaniyalari tomonidan murojaatlarning oshganligini bugungi kunda transport baholash ekspertizasining ahamiyati katta ekanligini bildiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi RSEMning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimida sud avtotexnika ekspertizasi 1973-yildan boshlab tashkil qilingan boʻlib, hozirgi kunda sud ekspertizasiga oid huquqiy normativ hujjatlar va boshqa qonun xujjatlariga asosan ekspertizalar bajariladi. Misol tariqasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 6256-sonli farmoni. Ushbu farmonda 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab; davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga koʻra shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq, sud ekspertizasi turlari boʻyicha tadqiqot oʻtkazish huquqi berilib, bunda tadqiqot natijalariga koʻra mutaxassis fikri taqdim etiladi. Iqtisodiy, fuqarolik va maʻmuriy ish yuritishda advokatga sudga qadar tayyorgarlik va sud jarayonida ekspert xulosasini sud muhokamasida taqdim etish huquqi asosida davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida shartnoma asosida advokat soʻroviga koʻra ekspertiza oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga ruxsat berildi. Bundan tashqari “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida sud ekspertizasi tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” boʻyicha boʻlimda sud-tergov organlarining qaror (ajrim), advokat soʻrovi yoxud murojaat jismoniy va yuridik shaxlarning murojatlari asosida transport baholash ekspertizalari bajarib kelinmoqda. Sud ekspertizasiga yuborilayotgan, uni oʻtkazish imkonini bermaydigan materiallarni rasmiylashtirish qoidalariga rioya etilmagan taqdirda, ekspertiza muassasasi rahbari bu haqda sud ekspertizasini tayinlagan organga darhol xabar qiladi. Sud ekspertizasini tayinlagan organ kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur chora-tadbirlarni koʻrmasa, ekspertiza muassasasi rahbari oʻttiz kun oʻtgach unga keyingi ish kunida materiallarni ekspertiza oʻtkazmasdan qaytaradi. Sud eksperti sud ekspertizasini oʻtkazishga muassasa rahbarining topshiriqnomasi bilan birga sud ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror (ajrim), soʻrov yoxud murojaat hamda tushgan barcha ish materiallari olingan vaqtdan boshlab kirishadi. Sud ekspertizasini oʻtkazish muddatlari materiallar ekspertiza muassasiga kelib tushgan kundan keyingi kundan boshlab hisoblanadi va ular ekspertiza muassasa rahbari tomonidan sud ekspertizasini tayinlagan organga yuborilgan kunda tugaydi. Sud ekspertizasini oʻtkazish muddatlari, ekspertiza tayinlashga vakolatli organ (shaxs), advokat hamda jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan taqdim etilgan ish materiallaridagi kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish toʻgʻrisida sud eksperti (mutaxassis)ning iltimosnomasini koʻrib chiqish davriga, tadqiqotlarni oʻtkazishni 30 kun mobaynida bajarish mumkin boʻlmagan taqdirda uni oʻtkazish muddatlarini kelishib olish toʻgʻrisida yuborilgan xabarni koʻrib chiqish davriga, sud ekspertining xizmat safarida, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi yoki mehnat taʻtilida boʻlish davriga, sud ekspertizasini bajarishni boshqa sud ekspertiga topshirish mumkin boʻlmaganda toʻxtatilib turiladi. Sud eksperti tomonidan ekspertizalarni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar va transport vositalarini koʻzdan kechirishga taqdim etilishi haqida iltimosnoma beriladi. Qoʻshimcha materiallar faqat sud ekspertizasini tayinlagan organ tomonidan taqdim etiladi. Koʻrikdan oʻtkazish talab qilinadigan tadqiqot obektlarini (Markazga taqdim etilgan obektlardan tashqari) sud ekspertizasi yoki mutaxassis fikrini berishda ekspertizani tayinlagan vakolatli organ (shaxs), advokat, jismoniy yoki yuridik shaxs sud eksperti (mutaxassis) uchun obektga toʻsiqsiz kirishni va uni tadqiqot oʻtkazish imkonini taʻminlaydi. Koʻrikdan oʻtkazish ekspertizani tayinlagan vakolatli organ (shaxs) yoki advokat, jismoniy yoxud yuridik shaxs tomonidan tashkil etiladi va ularning majburiy ishtirokida amalga oshiriladi va tegishli bayonnoma (dalolatnoma) bilan rasmiylashtiriladi. Ishda ishtirok etadigan shaxslar qonunchilikda nazarda tutilgan holatlarda va tartibda ekspertiza tayinlagan organ (shaxs)ning yozma ruxsatiga asosan tadqiqotlar oʻtkazishda ishtirok etish huquqiga ega. Sababidan qatʻiy nazar, ularning yoʻqligi tadqiqotlar oʻtkazishni toʻxtatib turish uchun asos hisoblanmaydi. Transport vositasiga yetkazilgan zararni aniqlash boʻyicha tayinlangan ekspertiza boʻyicha transport vositasini koʻzdan kechirish uchun borilganda baʻzi hollarda transport vositasining taʻmirlangan holatlar uchrab turadi. Ushbu holatda transport vositasiga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash imkoni boʻlmaydi. Shu sababli transport vositasiga yetkazilgan zararni aniqlash boʻyicha ekspertiza tayinlanganda ushbu transport vositasilarini vaqtinchalik saqlash maydoniga joylashtirish tavsiya etiladi. Sud eksperti oʻziga taqdim etilgan obʻektlar va materiallarni tekshirish tegishli sohadagi bilimlarga amal qilgan xolda, protsessual qonun talablariga qatʻiy muvofiq ravishda xolisona va ilmiy asosda amalga oshiradi. Transport baxolash ekspertizasida quyidagi savollar yechiladi:
-transport vositasini taʻmirlash ishlari narhini aniqlash;
-transport vositasiga yetkazilgan moddiy zarar hajmini aniqlash;
-transport vositalarining ehtiyot qismlari narxini aniqlash;
-avto-moto transport vositasi narxini aniqlash; -transport vositalarining yoʻqotilgan tovar qiymati hajmini aniqlash;
-taqdim etilgan avto-moto transport vositasini taʻmirlash boʻyicha sarf-xarajatlar hisobotini amaldagi meʻeriy hujjatlarga mos kelishini tekshirish;
-murakkab buyum sifatida qaraladigan barcha rusumdagi avto-moto transport vositalari; -avto-moto transport vositalarining agregatlari, birikmalari, ehtiyot qismlari;
-avtomobil ishlab chiqaruvchi, avtotaʻmirlash korxonalar vakillarining, avtomobil va uning ehtiyot qismlarini sotuvchi shaxslar va tashkilotlar tomonidan berilgan maʻlumotlar;
-transprort vositalari va ularning qismlari narhi haqidagi tadqiqot oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar;
Transport vositalarini baholash tadqiqotlari obʻekti boʻlib quyidagilar xisoblanadi:
-avto-moto transport vositasining rusumi, modeli, avto-moto transport vositalari va uskunalarning turi;
-avto-moto transport vostalari va uskunalarning ishlab chiqarilgan vaqti;
-avto-moto transport vostalari va uskunalarning yurgan masofalari yoki ishlagan vaqti va ularning umumiy texnik xolati;
-avto-moto transport vositalari va uskunalarning toʻplami; birikmalar, agregatlar va ehtiyot qismlari;
-avto-moto transport vositalari va uskunalarning shikastlari, nuqsonlari, nosozliklari hisoblanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimida oʻtkazilayotgan transport baholash ekspertizalari soni yildan yilga ortib borayotganligi, ushbu ekspertizalarning odil sudlovni amalga oshirish, tergov jarayonlarida ish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlashda oʻrni muhim ekanligini anglatadi. Ushbu ekspertiza turi turli holat va har xil toifadagi ishlar boʻyicha haqiqatni qaror topishida, huquqbuzarliklarning oldini olishda, jinoyatchilikka sabab boʻlgan holatlarni aniqlashda, ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar va ularni bartaraf etishda yordam berib kelmoqda.
X.Sulaymonova nomidagi sud ekspertizasi markazining
Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi mudiri,
vtotexnika eksperti A.Q.Saburov