Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan qo‘llaniladigan intizomiy javobgarlik va unga qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan rag‘batlantirish haqida


Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan qo‘llaniladigan intizomiy javobgarlik va unga qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan rag‘batlantirish haqida

O‘zbekiston Respublikasining davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunning 46-moddasida davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan qo‘llaniladigan intizomiy javobgarlik turlari keltirilgan.
Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi:
hayfsan;
o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima;
malaka darajasini pasaytirish;
davlat fuqarolik xizmati lavozimini pasaytirish;
egallab turgan davlat fuqarolik xizmati lavozimidan ozod qilish.
Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilmagan boshqa intizomiy jazo choralarini qo‘llash taqiqlanadi.
Bunda, Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan lavozim yo‘riqnomasiga va Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga, shuningdek ushbu Qonunning 13-moddasida belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik unga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi.
Shuningdek, intizomiy jazo choralari davlat organining rahbari tomonidan qo‘llaniladi. Har bir intizomiy qilmish uchun faqat bitta intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin. Intizomiy jazo chorasini tanlash huquqi davlat organining rahbariga tegishlidir. Intizomiy jazo chorasini qo‘llash chog‘ida qilmishning og‘ir-yengilligi, uning holatlari va davlat fuqarolik xizmatchisining xulq-atvori hisobga olinadi.
Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash davlat organi rahbarining tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Davlat organi rahbarining davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qarori ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida, davlat fuqarolik xizmatchisi ishda yo‘q bo‘lgan vaqt hisobga olinmasdan, unga jazoni qo‘llash sabablari ko‘rsatilgan holda imzo qo‘ydirib e’lon qilinadi.
O‘ziga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror bilan tanishtirilmagan davlat fuqarolik xizmatchisi intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi.
Davlat fuqarolik xizmatchisining o‘ziga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror bilan tanishishni rad etganligi bunda hozir bo‘lgan guvohlar ko‘rsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunday holda davlat fuqarolik xizmatchisi qaror bilan tanishtirilgan deb hisoblanadi.
Davlat fuqarolik xizmatchisining intizomiy javobgarlikka tortilishi unga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishini bekor qilmaydi.
Xususan, Mehnat kodeksiga muvofiq amalda intizomiy jazosi bo‘lgan xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi.  
Qarangki, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 44-moddasida davlat fuqarolik xizmatchisiga qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan rag‘batlantirish turlari keltirilgan, jumladan:
➖lavozim maoshiga qo‘shimcha ustamalar;
➖pul mukofoti;
➖navbatdan tashqari malaka darajasini berish;
➖minnatdorchilik e’lon qilish;
➖qimmatbaho sovg‘a, esdalik yoki ko‘krak nishoni yoxud yorliq bilan mukofotlash.
E’tibor bersangiz, lavozim maoshiga qo‘shimcha ustama to‘lash ham davlat xizmatchisi uchun rag‘batlantirish choralaridan biri sifatida ko‘rsatilgan.
Biroq, bu yerda Mehnat kodeksida 208-moddasidagi sanalar uchun beriladigan bayram pullari nazarda tutilmagan, shu sababli MK 299-moddasi 5-qismi bo‘yicha bayram puliga nisbatan cheklov saqlanib qolgandek.
Endi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 47-moddasida keltirilgan quyidagi normaga e’tibor qiling!:
“Davlat fuqarolik xizmatchisining intizomiy javobgarlikka tortilishi unga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishini bekor qilmaydi”.
Demak, hayfsan, jarima va boshqa intizomiy qo‘llanilgan davlat fuqarolik xizmatchisiga Qonunning 44-moddasidagi rag‘batlantirish turlaridan birini qo‘llashga to‘sqinlik qilmaydi xodim ustama ham, pul mukofotini ham olaveradi. Bular, davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan haqiqiy rag‘bat, lekin buni xis qilish, suiiste’mol qilmaslik har kimning vijdoniga bog‘liq bo‘ladi”.

Qaraqalpaqstan Respublikası Ádillik ministrligi
sector bas másláhátshisi                  A.Xojanov