Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

O‘zbekistonda ichki parvozlarga elektron hujjatlar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin


O‘zbekistonda ichki parvozlarga elektron hujjatlar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin

O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab my.gov.uz ilovasidagi hujjatlarning elektron versiyasini ko‘rsatib, ichki parvozlarga ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratildi.
Joriy yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekistonda yo‘lovchilar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron versiyalari yordamida mamlakat ichidagi parvozlarga ro‘yxatdan o‘ta oladilar.
Pasport va haydovchilik guvohnomasi kabi bir qator hujjatlarning raqamli shakllari qog‘oz shaklidagi hujjatlar bilan teng kuchga ega deb tan olinadi. Ular my.gov.uz (YAIDXP) va ishlab chiqilayotgan “Ijtimoiy karta” ilovalarida mavjud bo‘ladi.
Elektron nusxalarni davlat idoralari, banklar va boshqa tashkilotlarda, shuningdek aeroportlar va vokzallarda taqdim etish mumkin bo‘ladi.
Yo‘lovchi ro‘yxatdan o‘tishdan oldin veb-sayt, my.gov.uz ilovasi yoki “Ijtimoiy karta”dagi shaxsiy kabinetiga kirishi, shaxsiy ma’lumotlar sahifasiga kirishi va ro‘yxatdan o‘tish peshtaxtasida agentga elektron shaklda shaxsni tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishi kerak.
Bunda shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida amaldagi ma’lumotlar qabul qilinadi. Shunga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tishda pasport/ID'ning nusxalari, fotosuratlari, skanerlari yoki shaxsiy ma’lumotlar sahifasining skrinshotlari qabul qilinmaydi.
Elektron hujjatlarni qanday taqdim etish kerak?
MyGov: Davlat xizmatlari ilovasida elektron hujjatlardan qanday foydalanish bo‘yicha qisqacha yo‘riqnomani taqdim etadi. Ilova Google Play va AppStore'da mavjud.
Kirish uchun OneID va MyID xizmatlari ma’lumotlaridan foydalaniladi. Ilova to‘rt xonali PIN kodni o‘rnatishni so‘raydi. U oddiy bo‘lmasligi kerak, chunki ilovada foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari mavjud.
Ilovaga kirgach, ekranning pastki o‘ng qismidagi “Profilim” tugmasini bosish kerak. Elektron hujjatlar va foydalanuvchi guvohnomalari sahifasi ochiladi. U yerda nafaqat ID kartani, balki xorijga chiqish pasporti va haydovchilik guvohnomasini ham topish mumkin (hujjatlar bo‘limini chapga yoki o‘ngga varaqlash kerak).

To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuristkonsulti
Allabergenov Davranbek Allabergenovich