Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Tuman (shahar) adliya bo‘limlariga yuklatilgan vazifalar doirasida amalga oshiriladigan ishlar, aholining og‘irini yengillashtirish sohasidagi amaliyotlar


Tuman (shahar) adliya bo‘limlariga yuklatilgan vazifalar doirasida amalga oshiriladigan ishlar, aholining og‘irini yengillashtirish sohasidagi amaliyotlar

           Muhtaram Prezidentimiz tomonidan adliya sohasida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli Farmoni 2024-yil 24-mayda qabul qilingan bo‘lib, u Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish va aholiga huquqiy xizmatlarni yaqinlashtirishga qaratilgan.
          Bu hujjatning eng muhim jihati shundaki, u adliya organlarini yanada ixcham va samarali boshqaruv tizimiga o‘tkazishni, eng muhimi, xalqqa yaqinlashtirishni maqsad qilgan. Endilikda adliya xodimlari kabinetlarda o‘tirmay, bevosita mahallalarga chiqadi.
          Farmonga ko‘ra, Adliya vazirligining asosiy vazifalariga quyidagilar qo‘shildi:
     Birinchidan, Aholining kundalik huquqiy muammolarini aniqlash va hal etish. Ya'ni, endi adliya organlari nafaqat qonunbuzarliklarga qarshi kurashadi, balki oddiy fuqarolarning kundalik hayotida duch keladigan huquqiy masalalarga ham yechim topadi. Mahallalarda muntazam ravishda "Adliya kuni" tadbirlari o‘tkazilib, sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Bu degani, qishloq va ovullardagi fuqarolar ham o‘z uylariga yaqin joyda yuridik yordam olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
     Ikkinchidan, Joylarda aniqlangan tizimli muammolar bo‘yicha qonunchilik takliflarini ishlab chiqish. Bu degani, endi qonunlar tepadan emas, balki xalqning real ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda takomillashtiriladi.
Uchinchidan, Fuqarolarga birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatishni ta’minlash. Ayniqsa, yoshlar, ayollar va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga qonunchilikdagi imtiyozlar haqida ma'lumot beriladi.
To`rtinchidan, "Madad" NNTning huquqiy maslahat byurolari bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Bu esa huquqiy yordam olishni yanada qulaylashtiradi.
Beshinchidan, Yagona huquqiy axborot almashish tizimi ishga tushiriladi. Bu tizim orqali fuqarolar ham, davlat xizmatchilari ham kerakli huquqiy ma'lumotlarni osonlikcha topa oladi.
Xulosa o`rnida aytish joizki, ushbu farmon adliya tizimini xalqqa yaqinlashtirish, uni yanada shaffof va samarali qilish yo‘lidagi juda muhim qadamdir. Bu Farmonning amalga oshirilishi jamiyatimizda qonun ustuvorligini mustahkamlab, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini ta’minlashga xizmat qiladi.

To`rtko`l tuman Adliya bo`limi
YuXKM bosh yuriskonsulti N.Abdurahmanova