Янгиликлар
08
Noqonuniy qo‘llanilgan intizomiy jazo chorasi bekor qilindi
Bo‘zatov tumani adliya bo‘limiga, tumandagi 9-son umumta’lim maktab direktorining o‘rinbosari Kenesbay Sabirovning “maktab direktori tomonidan o‘ziga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilganidan norozi bo‘lib” yo‘llagan shikoyat arizasi qonuniy ko‘rib chiqildi.
Murojaatni o‘rganish jarayonida, haqiqatdan ham maktab direktori o‘rinbosariga nisbatan maktab direktori tomonidan 2025-yil 17-aprel kuni “o‘rtacha oylik ish haqisining 30 foizi miqdorida” intizomiy jarima jazosi qo‘llanilganligi aniqlandi.
O‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, maktab direktori o‘rinbosari K.Sabirov maktab direktori yoki mas’ul xodim tomonidan intizomiy jazo qo‘llash haqidagi buyruq bilan tanishtirilmaganligi yoki tanishishdan bosh tortganligi bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilmaganligi, bu bilan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 313-moddasi 5-7 bo‘lim talablari buzilganligi ma’lum bo‘ldi.
Tuman adliya bo‘limi tomonidan, maktab direktori nomiga taqdimnoma kiritilishi natijasida maktab direktorining murojaat egasiga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash haqidagi buyrug‘i bekor qilinib, fuqaroning qonun bilan qo‘riqlanadigan huquqlari himoya qilindi va buzilgan huquqi tiklandi.
Kazbek Paluaniyazov
Bo‘zatov tumani
adliya bo‘limi boshlig‘i