Янгиликлар
08
Chet davlatdan qaytgan fuqaroning fuqarolik pasportini olishi bilan bog‘liq muammosi adliya aralashuvi bilan ijobiy hal etildi
Chet davlatdan qaytgan fuqaroning fuqarolik pasportini olishi bilan bog‘liq muammosi adliya aralashuvi bilan ijobiy hal etildi
Bugungi kunda, Hurmatli Prezidentimizning 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish va ixcham boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni talablaridan kelib chiqib, tuman adliya bo‘limi tomonidan mahallalarda aholi orasida huquqiy muammoni aniqlash, tahlil etish va ularni bartaraf etish bog‘liq ishlarni samarali tashkil etish maqsadida uyma-uy yurish orqali muammolar aniqlanmoqda.
Xususan, tuman adliya bo‘limi tomonidan “Qusxanataw” ovul fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan xatlov natijasida ushbu hududda yashab kelayotgan
Miywagúl Allaniyazova 2012-yilda Qozog‘iston Respublikasiga ishlash uchun ketganligi, u joyda har xil qurilish ishlarida ishlab kelganligi, fuqarolik pasportini yo‘qotib qo‘yganligi, O‘zbekiston Respublikasiga “Vatanga qaytish” guvohnomasi bilan kelganligi aniqlandi.
Mazkur muammo tuman adliya bo‘limi tomonidan nazoratga olinib, fuqaro M.Allaniyazovaning muammosi o‘rganib chiqildi.
Natijada, fuqaroa O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi
ID kartasi berilishida amaliy yordam ko‘rsatilib, huquqiy muammo ijobiy hal etildi.
Bo‘zatov tumani
adliya bo‘limi boshlig‘i Kazbek Paluaniyazov