Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Fuqarolik pasporti olishga ko’maklashildi


Fuqarolik pasporti olishga ko’maklashildi

To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limiga B.Z. murojjat qilib, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti olish masalasida amaliy yordam berishni so‘ragan.
Mazkur murojjatni o‘rganish natijasida, B.Z.haqiqatdan ham 1999 yildan buyon To‘rtko‘l tumani “Аtauba” OFYda “Fuqaroligi yo‘q guvohnomasi” bilan doimiy ro‘yxatda turib oila a‘zolari bilan yashab keliayotganligi aniqlandi.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 13 martdagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunining 6-bandida “ 2015 yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi deb belgilangan.
To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi tomonida B.А.ning 1999 yildan buyon doimiy yashab kelayotgan faktini belgilash bo‘yicha Beruniy tumanlaroro fuqarolik sudiga da’vo arizasi kiritildi.
Ushbu holat bo‘yicha  Beruniy tumanlararo fuqarolik sudi tomonidan tuman adliya bo‘limining mazkur da’vo arizasi ko‘rib chiqilib, B.Z.ning haqiqatdan ham 1999 yildan buyon To‘rtko‘l tumani “Аtauba” OFYda doimiy yashab kelgan fakti tasdiqlandi.
To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limining sayi –harakatlari bilan B.Z.ga To‘rtko‘l tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi pasportini olishiga amaliy yordam berildi.

To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i                      B.Аvazmetov