Янгиликлар
25
Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o‘quvchilar qo‘shimcha ta’limga jalb qilinadi
Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o‘quvchilar qo‘shimcha ta’limga jalb qilinadi
Hukumat qarori (365-son, 14.06.2025 y.) bilan “Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o‘quvchilarni maktabdan tashqari ta’limga jalb qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o‘quvchilarni qo‘shimcha ta’limga jalb qilish hamda o‘qitish xarajatlarining 80 foizini Davlat byudjetidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
Ayrim toifadagi o‘quvchilar Kambag‘al oilalar reestridagi oilalarning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan farzandlari hisoblanadi.
O‘quvchilar to‘garaklarga ixtiyoriylik asosida jalb etiladi.
O‘quvchilarning ota-onalari hamda ta’lim tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish YAIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.
Ta’lim tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha 1 nafar o‘quvchiga har bir to‘garak uchun 1 oylik to‘lov quyidagi miqdorlardan oshmaydi:
7-11 yoshdagi o‘quvchilar uchun darsdan keyingi qo‘shimcha ta’lim (uzaytirilgan kun guruhlari) uchun BHMning 1 baravaridan;
12-18 yoshdagi o‘quvchilar uchun umumta’lim fanlari, 15-18 yoshdagi o‘quvchilar uchun xorijiy til yo‘nalishlaridagi to‘garaklar uchun BHMning 2 baravaridan;
15-18 yoshdagi o‘quvchilar uchun axborot texnologiyalari, kasb-hunar yo‘nalishlaridagi to‘garaklar uchun BHMning 4 baravaridan.
To‘garak to‘lovining 80 foizi Davlat byudjetidan, 20 foizi o‘quvchining ota-onasi tomonidan to‘lanadi.
Amudaryo tumani adliya bo‘limi
FHDY bo‘limi 2-toifali inspektori R.Polvanova