Янгиликлар
25
Manfaatlar to‘qnashuvi nima va unga qarshi kurashish choralari.
Manfaatlar to‘qnashuvi nima va unga qarshi kurashish choralari.
Bizga ma’lumki 2024 yil 5 iyun sanasi bilan O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni e’lon qilindi va uning kuchga kirishi 2025 yil 5 yanvardan deb belgilandi.O‘quvchida manfatlar to‘qnashuvi nima degan savol tug‘ilishi tabiiy. Chunki bu iborani lo‘g‘atimizga kirib kelganligiga ko‘p bo‘lganligi yo‘q, lekin ushbu “manfatlar to‘qnashuvi” davlat va jamiyatning rivojlanishida katta to‘siq bo‘layotgan korrupsion holat hisoblanadi va rivojlangan davlatlarda ushbu holat ro‘y bermasligi uchun oldindan qattiq cheklovlar qo‘yiladi.Manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning o‘z lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar to‘qnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi) vaziyat;O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni 5-bob, 33-ta moddadan iborat bo‘lib unda, manfaatlar to‘qnashuviga tushuncha, unga qarshi kurashish tizimi, davlat organlarining huquq va majburiyatlariva unga qarshi kurashishda tutgan o‘rni, ushbu holatni oldini olish bo‘yicha cheklovlar, ularning vakolatlari, axbarot vositalari orqali oshkor qilish, xabarnomani oshkor qilish, extimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi dekleratsiya, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va unga qarshi ko‘riladigan choralar, hujjatlarning maxfiyligini ta’minlash, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va choralar ko‘rish, Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holda qarorlar qabul qilish yoki bitimlar tuzish, nizolarni hal etishda yuzaga keladigan munosabatlar tartibga solingan. Qonun bilan quyidagi sohalar tartibga solinadi ya’ni ushbu qonunning amal qilishi davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga (bundan buyon matnda davlat organlari yoki boshqa tashkilotlar deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.Ushbu qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi ekanligi belgilangan va unga quyidagi vakolatlar berilgan.Xususan, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq axborotni va materiallarni davlat organlaridan yoki boshqa tashkilotlardan so‘rab oladi va o‘rganadi, davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi faoliyatini, shu jumladan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida o‘rganadi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlar aniqlanganda, bitimni bekor qilish, qarorni hamda boshqa hujjatni o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risida davlat organlariga yoki boshqa tashkilotlarga taqdimnoma kiritadi yoxud ularni haqiqiy emas deb topish haqida sudga da’vo kiritadi, manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestrining, mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnomaning hamda ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning namunaviy shakllarini tasdiqlaydi, davlat organlari yoki boshqa tashkilotlar uchun manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni e’lon qiladi, manfaatlar to‘qnashuvi natijasida fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning manfaatlariga yetkazilgan zararning o‘rni to‘liq qoplanishiga erishilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, maxsus bo‘linmalar xodimlarining tizimli ravishda malakasini oshirishni, ularda tegishli ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘qitishni tashkil etadi, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etmaganlik bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik haqida bayonnomani tuzadi va uni ko‘rib chiqish uchun sudga yuboradi. Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holda qabul qilingan qarorlar yoki tuzilgan bitimlar sud tartibida haqiqiy emas deb topiladi.Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holda qabul qilingan qaror yoki tuzilgan bitim haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, ushbu qaror qabul qilinganligi yoki bitim tuzilganligi natijasida olingan foyda bitim bo‘yicha olingan hamma narsani qaytarib berish to‘g‘risida talab qo‘yilmagan holda, sud tartibida davlat daromadiga o‘tkaziladi. Bunda haqiqiy emas deb topilgan bunday bitimning ijrosi bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rni manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygan shaxsning hisobidan qoplanadi.Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holda qabul qilingan qaror yoki tuzilgan bitim haqiqiy emas deb topilganligi natijasida jismoniy yoki yuridik shaxslarga, shu jumladan davlat organlariga yoki boshqa tashkilotlarga yetkazilgan zarar davlat organining yoki boshqa tashkilotning aybdor xodimlaridan regress tartibida undirib olinishi mumkin.Davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish yuzasidan davlat organlari yoki boshqa tashkilotlar tomonidan qabul qilingan qarorlar ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi tashkilotga, maxsus vakolatli davlat organiga yoki sudga shikoyat qilishga haqli Davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning faoliyatidagi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Amudaryo tumani adliya bo‘limi
FHDY bo‘limi 1-toifali inspektori B.Sobirov