Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ko‘rsatilgan Oila tog‘risida xalqga tushuntirish berish
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ko‘rsatilgan Oila tog‘risida xalqga tushuntirish berish
O‘zbekiston Respublikasi 2023-yil 30-aprel referendumida qabul qilingan yangilangan Konstitutsiyaning XIV bobidagi “Oila, bolalar va yoshlar” bo‘limi doirasida oila institutining huquqiy maqomi, jamiyatdagi o‘rni, davlat siyosati va amaliy chora-tadbirlar tahlil qilinadi
Yangilangan Konstitutsiyada oila institutini “jamiyatning asosiy bo‘g‘ini” deb e’tirof etish oilaning demografik barqarorlik, tarbiya va ijtimoiy-madaniy me’yorlarni shakllantirishdagi markaziy rolini ta’kidlaydi.
76-modda oila institutining himoyalanishi, nikoh asoslari, erkin rozilik va teng huquqlilik prinsiplari hamda davlatning oilalarni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish majburiyatini belgilaydi.
77-modda ota-onalarning voyaga yetmagan farzandlarni boqish, tarbiya, ta’lim va sog‘lom rivojlanishini ta’minlash majburiyatlarini, shuningdek, yetim va vasiylikdan mahrum bolalarga davlat va jamiyat tomonidan parvarish, xayriya faoliyatini rag‘batlantirish majburiyatini aniq belgilaydi.
78-modda bolalarning nasl-nasab va fuqarolik holatidan qat’i nazar teng huquqliligi, ularning jismoniy, aqliy va madaniy rivojlanishi uchun davlat zimmasidagi majburiyatlar hamda
milliy-universal qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiya masalalarini o‘zida aks ettiradi.
79-modda yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlarini himoya qilish, ularni jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantirish hamda ta’lim, sog‘liqni saqlash, uy-joy, bandlik va dam olish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish talablarini belgilaydi.
80-modda voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlarning ota-onaga moddiy yoki boshqa ko‘rinishdagi g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga majburiyligini aks ettiradi, bu ijtimoiy majburiyat hamda madaniy an’ana tamoyillarini davlat darajasida mustahkamlaydi.
Konstitutsiya normalarini amalga oshirish doirasida “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” tamoyili asosida davlat dasturlari, mahalla instituti tadbirlari, “Oila sudyalari” tashkil etish, nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligi orqali oilalarni qo‘llab-quvvatlash amaliyotlari yo‘lga qo‘yiladi.
Ota-onalar va yoshlar huquqlari doirasida ijtimoiy siyosat, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalarida mahalliy va respublika darajasida maxsus dasturlar ishlab chiqiladi va monitoring mexanizmlari orqali baholanadi.
Gender tenglik prinsiplari asosida xotin-qizlarning oilaviy va ijtimoiy-faol roli qo‘llab-quvvatlanadi, bu esa oilalarning barqarorligi va jamiyat taraqqiyotining ajralmas qismi sifatida ko‘riladi.
Shu bilan birga, Konstitutsiyada belgilangan huquqiy tamoyillar va amaliy chora-tadbirlar jamiyat va davlat organlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar hamjihatligi asosida amalga oshirilganida oilalar farovonligi, bolalar va yoshlarning sifatli rivojlanishi ta’minlanadi.
Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi
FHDY bo‘limi 2-toifali inspektori A.Jamalova