Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

MOBILE-ID TIZIMI HAQIDA


MOBILE-ID TIZIMI HAQIDA

Raqamli texnologiyalar jamiyatning deyarli barcha sohalarini qamrab olmoqda. Bank xizmatlaridan tortib davlat xizmatlarigacha, ko‘plab jarayonlar elektron shaklga o‘tayapti. Shu jarayonda foydalanuvchilarning shaxsini masofadan aniqlash va himoyalangan tarzda tasdiqlash zaruriyati kuchaymoqda. Ushbu ehtiyojni qondirishda Mobile-ID texnologiyasi muhim rol o‘ynaydi. Bu borada
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 30.08.2022 yildagi
479-son O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashning mobil-id tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
Mobil-ID tizimi — interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishda foydalanuvchini ro‘yxatga olish, identifikatsiyalash, autentifikatsiyalash, verifikatsiya qilish hamda idoralararo elektron hamkorlik qilishda foydalanuvchilar bilan aloqani ta’minlashga mo‘ljallangan mobil telefon raqamiga bog‘langan identifikatsiya tizimi;
ma’lumotlarni yig‘ish punkti — Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tish uchun murojaat qilgan foydalanuvchilarning biometrik ma’lumotlarini jamlash, ularni Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tkazish vazifalarini bajaruvchi davlat xizmatlari markazlari hamda notarial idoralar;
Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tish uchun so‘rovnoma (keyingi o‘rinlarda — so‘rovnoma) — ma’lumotlarni yig‘ish punktida Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tadigan foydalanuvchining shaxsiga doir hamda biometrik ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan elektron hujjat;
xodim — ma’lumotlarni yig‘ish punktining foydalanuvchilarni Mobil-ID tizimida identifikatsiyalash uchun so‘rovnomani to‘ldiruvchi mas’ul;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasi (keyingi o‘rinlarda — YIDXPning mobil ilovasi) — Mobil-ID tizimida masofadan turib identifikatsiyadan o‘tishni ta’minlovchi hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishga mo‘ljallangan ilova
Foydalanuvchilar Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tish uchun Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-son qaroriga muvofiq biriktirilgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga hamda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiyalar sohasida tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan mobil aloqa operatorlari tomonidan berilgan mobil telefon raqamga (hisob balansi faol bo‘lgan holda) ega bo‘lishi zarur. Aks holda mobile-id tizimi ro’yxatdan o’tkazish jarayonini yakuniga yetkazmaydi.
Xulosa qilib aytganda Mobile-ID — bu raqamli davrda xavfsiz, tez va qulay shaxsni aniqlash vositasi bo‘lib, davlat xizmatlaridan tortib biznes jarayonlargacha keng qo‘llanilmoqda. Uning joriy etilishi insonlar hayotini yengillashtiribgina qolmay, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga ham xizmat qiladi.

Ellikqal‘a tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi
Kata mutaxassisi                                                              Xodjayev Adilbek