Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Bir murojaat izidan


Taxiatosh tumanidagi umumiy o‘rta ta’limi maktab xodim fuqora N.A.murojaat qilib, “og’ir kasallikga chalingani uchun, ish beruvchisi maktab direktoriga moddiy yordam berishni so‘rab yozma murojaat qilgan, va maktab direktori ishchri grux qaroriga asos buyruq qabul qilgan, lekin buxgalteriya bo‘limi tomonidan moddiy yordam pul to‘lov berilmagan va xodim norozi boʻlib, amaliy yoʻrdam berishni soʻrab” tuman adliya boʻlimiga murojaat qilgan.
Murojaat tegishli tartibda oʻrganildi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019-yil “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”ga Nizomning 17-bandiga ko‘ra jamg‘arma mablag‘lari hisobidan umumta’lim muassasasi pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, xodimlarni mukofotlash va ularga moddiy yordam berish to‘g‘risida ishchi guruhning qarori asosida umumta’lim muassasasi direktorining buyrug‘iga asos beriladi deb ko‘rsatilgan.
Nizomning 33-bandiga ko‘ra umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam xodimning o‘zi yoki yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi deb ko‘rsatilgan.
Nizomning 9-bandida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari ishchi guruhining faoliyatiga hamda ular qabul qiladigan qarorlarga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi, deb ko‘rsatilgan.
Shunga qaramasdan, buxgalteiya bo‘limi tomonidan, xodimga moddiy yordam pul to‘lovlari berilmagan.
Yuqoridagilarga asosan, adliya boʻlimi tomonidan berilgan taqdimnomaga asos, shu masala yuzasidan yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019-yil “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 823-son qaroriga asos qayta koʻrib chiqilib, fuqora N.A ning murojaati ijobiy hal etilib, fuqoraga tegishligicha moddiy yordam pullari to‘lab berilishiga erishildi.

Taxiatosh tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i O.Babanov