Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Kurerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi


Kurerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi

“Elektron tijoratda kurerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3631-son, 18.06.2025 y.).
Nizom elektron tijoratda kurerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Nizomga ko‘ra, kurer tadbirkor hamda yetkazib berish xizmati operatorlari bilan mehnat shartnomasi va (yoki) fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida tovarlarni yetkazib beruvchi jismoniy shaxs, shu jumladan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs hisoblanadi.
Yetkazib berish xizmati operatorlari va kurerlar, shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, xaridorlardan tovar va (yoki) yetkazib berish xizmatlari uchun to‘lovlarni qabul qilishga haqli.
Bunda, nazorat-kassa texnikasini majburiy qo‘llash yoki elektron yoxud qog‘oz shaklida chek (kvitansiya) taqdim etilishi lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda transport vositalari va termokonteynerlarni toza hamda soz holatda bo‘lishi, muntazam yuvilishi va dezinfeksiya qilinishiga amal qilish lozim.
Kurerga quyidagilarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi, jumladan:
???? tovarning qadog‘ini o‘zboshimchalik bilan ochish;
???? xaridorlarning shaxsiy ma’lumotlari va yetkazib berilayotgan tovar haqidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilish.


Amudaryo tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi                           O.Sadullayev