Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR


Joriy yilning 27-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish to‘g‘risida»gi PQ-194-sonli qarori qabul qilindi.
Qaror bilan aholiga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlash tartibini takomillashtirish orqali pensiya oluvchilar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish nazarda tutilgan.
Ya’ni, 2025-yil 1-iyuldan boshlab fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi tartibda soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.
(a) fuqarolarga I yoki II guruh nogironligi belgilanishi munosabati bilan pensiyalarni alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash. Bunda fuqaroga proaktiv shaklda tayinlangan pensiyalarni rad qilish huquqi beriladi;
(b) ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga hamda yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslarga kompensatsiyalarni elektron ma’lumotlar almashinuvi asosida proaktiv shaklda tayinlash;
(v) nogironlik pensiyasi tayinlangandan so‘ng kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lganda fuqaroning pensiya miqdorini har ikki yilda proaktiv shaklda qayta hisoblash.
Shuningdek, 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab davlat pensiya ta’minotiga oid hamda AT «Xalq banki» tomonidan pensiyalarni naqd pul shaklida to‘lash bilan bog‘liq ko‘rsatiladigan xizmatlarni fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) hamda ularning imzosini elektron shaklda olish orqali amalga oshirish tartibi joriy etilishi nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, ta’kidlab o‘tilgan mazkur qaror bilan Prezidentning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Xususan, ikkinchi xatboshi «davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qish hamda harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi. Bunda pensiyaga chiqish huquqi paydo bo‘lgan vaqtda ishlamaydigan fuqarolar uchun mehnat staji hamda harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlariga murojaat qilish orqali «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga (keyingi o‘rinlarda — YAMMT IDAK) kiritish xizmati joriy etiladi»deya o‘zgartirilmoqda.

Beruniy tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi
bo‘lim boshlig‘i   A.Allanazarov