Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Mobile-ID tizimining afzalliklari


Bugungi kunda ko‘plab Davlat xizmatlaridan internetdan mustaqil foydalanish orqali olish odatiy holga aylandi. Navbat kutish, uzoq yo‘l bosib idoralarga borishning o‘rnini endi birgina telefon egallayapti. Shu o‘rinda Mobile-ID tizimi hayotimizni yanada osonlashtirayotgan qulay vositalardan biri bo‘lib bormoqda.
Mobile-ID degani — oddiy qilib aytganda, telefon raqamingiz orqali shaxsingizni tasdiqlash va davlat xizmatlaridan masofadan foydalanish imkoniyati degani. Yoki boshqacha aytganda, mobil telefoningiz sizning elektron “pasportingiz”ga aylanadi. Mobile-ID orqali my.gov.uz, soliq.uz, e-auksion.uz kabi platformalarga kirish va boshqa elektron hukumat tizimlarida muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.
Mobile-ID nimasi bilan foydali?
Birinchidan, qulay. Endi biror hujjatni olish yoki ariza topshirish uchun majburiy ravishda E-imzo olish shart emas. Mobile-ID bo‘lsa, telefon orqali bu ishni bir necha daqiqada bajarish mumkin.
Ikkinchidan, bu tizim vaqtni tejaydi. Oldin biror hujjatni olish uchun bir necha kun yurish kerak bo‘lsa, hozir telefoningiz orqali istalgan joyda, istalgan vaqtda ishni bitirishingiz mumkin. Ayniqsa, ishlaydigan odamlar yoki qishloqlardada yashovchilar uchun juda foydali.
Uchinchidan, xavfsiz. Mobile-ID orqali ishlaganda, sizning ma’lumotlaringiz shifrlangan holatda uzatiladi. Bu degani — sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz begona qo‘llarga tushmaydi. Mobil operatorlar ham tizim xavfsizligini nazorat qilib turadi.
Mobile-ID — O‘zbekistonda raqamli transformatsiyaning muhim bosqichidir. U fuqarolarga davlat bilan o‘zaro munosabatni soddalashtiradi, vaqtni tejaydi va huquqiy xavfsizlikni ta’minlaydi. Bu tizim, ayniqsa, chekka hududlardagi aholiga elektron xizmatlardan foydalanish imkonini kengaytiradi.

Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi    J.Allabergenov