Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Voyaga yetmaganlarning mehnat qilish huquqi


Voyaga yetmaganlarning mehnat qilish huquqi
  
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligida Ishga qabul qilishga 16 yoshdan yoʻl qoʻyiladi.
Bolalarni mehnatga tayyorlash uchun umumtaʻlim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurtlarining oʻquvchilarini ularning sogʻligʻiga hamda maʻnaviy va axloqiy kamol topishiga ziyon etkazmaydigan, taʻlim olish jarayonini buzmaydigan engil ishni oʻqishdan boʻsh vaqtida bajarishi uchun — ular 15 yoshga toʻlganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yoʻl qoʻyilishi koʻrsatilib oʻtilgan boʻlib, ularning ish davomiyligi oʻn beshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun — olti kunlik ish haftasida — toʻrt soatdan, besh kunlik ish haftasida — besh soatdan, oʻn oltidan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun esa olti kunlik ish haftasida — olti soatdan, besh kunlik ish haftasida — yetti soatu oʻttiz daqiqadan, oʻquv yili davomida ishni oʻqish bilan birga olib boruvchi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʻlimi tashkilotlarining oʻn beshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan oʻquvchilari uchun — olti kunlik ish haftasida — ikki soatdan, besh kunlik ish haftasida — ikki soatu oʻttiz daqiqadan, oʻn oltidan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan oʻquvchilari uchun esa olti kunlik ish haftasida — uch soatdan, besh kunlik ish haftasida — toʻrt soatdan oʻtib ketmasligi koʻrsatilib oʻtilgan.

Nukus shahar adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi      
bosh yuriskonsulti                                                     Sh.Ametov