Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Davlat hisobidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam xizmati haqida


Davlat hisobidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam xizmati haqida

Davlat hisobidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam — Qonunda belgilangan tartib-taomillar va shartlarga muvofiq davlat hisobidan to‘liq yoki qisman ko‘rsatiladigan, jismoniy shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan malakali yuridik yordamdir.
Davlat hisobidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam xizmatlari yagona advokatlar reestriga kiritiladigan advokatlar tomonidan amalga oshiriladi. Yuridik yordam timizi ya’ni bepul yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlari reestriga kirish uchun advokatlari tegishli hududiy adliya bo‘limlariga ariza beriladi. Ariza uch ish kuni davomida ko‘rib chiqilib qanoatlantiriladi yoki rad etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi 848-sonli qonuniga asosan  quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega ekanligi belgilab o‘tilgan:
1) kam ta’minlangan shaxslar, agar ular:
fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vogarlar yoki javobgarlar;
ma’muriy ishlar bo‘yicha arizachilar;
ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar;
jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar bo‘lsa;
2) ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda;
3) o‘z huquqlari buzilgan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;
4) O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.
Hamda yuqoridagi fuqarolarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladigan ishlar toifalariga quyidagilar kiradi:
Davlat hisobidan yuridik yordam ushbu Qonun 9-moddasining 1-bandida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslarga fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga va ma’muriy sudlarga taalluqli bo‘lgan quyidagilar haqidagi ishlar bo‘yicha ko‘rsatiladi:
ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash to‘g‘risidagi;
ishga tiklash haqidagi;
ish haqini undirish to‘g‘risidagi;
alimentlarni undirish haqidagi;
uyga kiritish, turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish va ko‘chirish to‘g‘risidagi;
mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqning boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchining vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi;
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 991-moddasida nazarda tutilgan tartibda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlarining va sudning qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan kam ta’minlangan shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ushbu shaxslar tomonidan ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan hollarda ko‘rsatiladi.
Ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslarga psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda davlat hisobidan yuridik yordam:
tashxis qo‘yish, davolash va reabilitatsiya qilish;
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash;
jinoyat, fuqarolik ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud-psixiatriya ekspertizasini o‘tkazish chog‘ida ko‘rsatiladi.
Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi to‘g‘risidagi ishlarni sudlarda ko‘rish chog‘ida davlat hisobidan yuridik yordam xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlashning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatiladi:
davlat fuqarolik xizmati sohasida;
saylov huquqlarini amalga oshirishda;
iqtisodiy sohada hamda tadbirkorlik faoliyatida;
mehnat munosabatlarida;
ijtimoiy himoya sohasida;
oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida;
ta’lim, ilm-fan, madaniyat hamda sog‘liqni saqlash sohasida.
Agar shaxs gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi bo‘lib qolsa, davlat hisobidan yuridik yordam O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda ko‘rsatiladi va kam ta’minlangan shaxs mahkum bo‘lib qolgan taqdirda, davlat hisobidan yuridik yordam qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rsatiladi.

To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi
davlat xizmatlari markazi katta mutaxasisi                       J.Xasanov