Янгиликлар
23
Voyaga yetmaganlarni huquqlari.
Voyaga yetmaganlarni huquqlari.
Mamlakatimizda voyaga yetmaganlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 45-moddasida “Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasida” ekanligi hamda 64-moddasida “Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburiyligi” mustahkamlab qo‘yilgan.
O‘zbekiston MDH davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib 1992-yili «Bola huquqlari to‘g‘risida»gi Konvensiyani ratifikatsiya qildi. Milliy qonunchiligimizni konvensiya qoidalariga implementatsiya qilish asnosida 2008-yil 7-yanvarda «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek tilida nutq so‘zlab unda inson huquqlari sohasidagi holat ham butunlay o‘zgarganligi hamda majburiy va bolalar mehnati to‘liq tugatilganligi ma’lum qilindi.
Bugungi kunda mamlkatimizda voyaga yetmaganlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda Bola huquqlari bo‘yicha vakili o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Joriy yilning 6 oyi davomida Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan bola huquqlarini ta’minlash yuzasidan Qashqadaryo, Toshkent, Andijon, Jizzax, Sirdaryo, Farg‘ona, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida joylashgan muassasalarida 30 dan ortiq monitoringlar o‘tkazildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunning 26-moddasida “O‘ziga nisbatan ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma ko‘rib chiqilayotganda voyaga yetmagan, prokuror, vasiylik va homiylik organining, ichki ishlar organining vakillari sud majlisida ishtirok etishi shart” ekanligi belgilangan bo‘lsada ba’zi hollarda sud ishida voyaga yetmagan yoki mas’ul idora xodimlarining ishtirok etmaganligi;
Bola huquqlari bo‘yicha Vakil tomonidan olib borilgan monitoring natijalarini umumlashtirish hamda kelib tushgan murojaatlarning tahlili voyaga yetmaganlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan normativ huquqiy hujjatlarni yana-da takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish imkonini berdi:
- mehr-shafqat va insonparvarlik tamoyillariga asoslanib sodir etgan qilmishining ahamiyatini to‘la ravishda anglab yetgan voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazidan muddatidan oldin ozod etish talablarini belgilash;
- voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman) o‘rinbosari – Bola huquqlari bo‘yicha Vakil va uning joylardagi mintaqaviy vakillarini ham kiritib o‘tish maqsadga muvofiq.
Beruniy tumani adliya bo‘limi
FHDYO bo‘limi mudirasi D.Nuriyeva