Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Joriy yilning 3-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-


Joriy yilning 3-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-1-sonli Qarori qabul qilindi.

Mazkur Qaror nafaqat huquqni muhofaza qilish organlarning balki boshqa davlat organlari va tashkilotlarining ham huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olishdagi faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqdi. Xususan, muqaddam huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bilan asosan huquqni muhofaza qilish organlari shug‘ullangan bo‘lsa, bugungi kunda barcha davlat organlari va tashkilotlarida mazkur masala eng dolzarb vazifalar qatorida turibdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Qarorga ko‘ra, mas’ul idoralar va muassasalar uchun 2025-yilda “Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” ustuvor vazifa etib belgilanib, mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarlilkni oldin olish maqsadia yangicha ishlash mexanizmlari joriy etildi.
Mazkur Qarorda belgilangan maqsadlarga muvaffaqiyatli erish hamda unda belgilangan vazifalarni samarali ijro etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida ham keng qamrovli va tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, adliya organlari tomonidan huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi xususiyatidan kelib chiqib aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida” Qonunining 43-moddasiga ko‘ra huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi bu huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasaning muayyan shaxsning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirishga qaratilgan profilaktika chora-tadbirlarini qo‘llashga doir faoliyatidir.
Viktimologik tatqiqotlarga ko‘ra ko‘p hollarda huquqbuzarliklarning sodir bo‘lishiga nafaqat jinoyat subyektining g‘ayrihuquqiy qilmishi - harakat yoki harakatsizligi, balki jinoyat qurbonlarining xatti-harakati, ularda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning yetishmasligi sabab bo‘ladi. Xalqaro tajribaga tayanilsa ham aholisining huquqiy savodxonlik darajasi yuqori bo‘lgan, huquqiy ong va huquqiy madaniyat yaxshi rivojlangan Daniya va Singapur kabi davlatlarda jinoyatchilik darajasi pastligi ma’lum bo‘ladi.
Shu sababli bugungi kunda hududiy adliya organlari, tuman bo‘limlari tomonidan ham oxirgi vaqtlarda eng ko‘p yuz berayotgan kiber fribgarlik va kiber o‘g‘irlik kabi huquqbuzarliklarning potensial qurboni bo‘lib qolmaslik, “kibergigiyena”ga rioya qilish, fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlarini oshkor qilmaslik kabi mavzularda, aholing huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari muntazam tashkil qilinib kelinmoqda.

Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi
bosh maslaxatchisi                                                             O.Reyimbayev