Янгиликлар
16
Qoraqalpog'iston yuridik texnikumi bitiruvchilariga “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga test sinovlarisiz yakka tartibda suhbat o‘tkazishda tushadigan savollar
2024/2025 o‘quv yili yakuniga ko‘ra Qoraqalpog'iston yuridik texnikumi bitiruvchilariga “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga test sinovlarisiz yakka tartibda suhbat o‘tkazishda tushadigan savollar
R O ‘ Y X A T I
Talabgorning maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini aniqlash
Savollar
1. Prezidentimizning yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbuslarini mazmun-mohiyatini izohlang. Mazkur islohotlardan qanday natijalar koʻzlangan?
2. Mamlakatimiz xavfsizligiga, jamiyat barqarorligiga putur yetkazuvchi qanday mafkuraviy tahdidlar mavjud deb hisoblaysiz?
3. O‘zbekiston Respublikasida millatlararo munosabatlarni mustahkamlashda qanday islohotlar amalga oshirilmoqda?
4. Oʻzbekiston Respublikasi qaysi mintaqaviy va xalqaro tashkilotlarning aʼzosi hisoblanadi?
5. Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha soʻnggi islohotlar nimalarda aks etadi? Adliya vazirligi tizimida bu borada qanday mexanizmlar yaratilgan?
6. “Ommaviy madaniyat” tushunchasi va uning bugungi kundagi o‘rnini yoriting.
7. Tarbiyaning milliy va xorijiy tajribalardagi mushtarakligi va oʻziga xosligi nimalardan iborat?
8. Markaziy Osiyo mintaqasidagi hozirgi mafkuraviy jarayonni baholab bering?
9. Hozirgi davrda informatsion xurujlarning qaysi shakl va turlari keng tarqalgan?
10. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda davlat boshqaruvi tizimida katta oʻzgarishlar sodir boʻldi. Mazkur islohotlar uchun qanday tamoyillar asos qilib olindi?
11. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini shaxsiy tajribangizdan kelib chiqqan holda asoslang.
12. Yurist uchun zaruriy boʻlgan kasbiy koʻnikmalar ichida yozma nutq koʻnikmalarini rivojlantirishning kasbiy faoliyatda qanday oʻrin tutishini asoslab bering?
13. Huquqiy munosabatlarda, huquqshunosning kundalik faoliyatida etiket qanday namoyon boʻlishi lozim?
14. Obroʻ va eʼtibor (reputatsiya) nima hamda uning yurist kasbida ahamiyati qanday?
15. Har bir inson kasb tanlashda oʻzining hayot tajribasi, qiziqishlari va intilishlariga qarab hayot yo‘lini tanlaydi. Sizning yurist mutaxassisligini egallashingizda qanday shaxslarning hayot tajribasi taʼsir koʻrsatdi?
16. Axloqiy fazilatlar deganda nimani tushunasiz?
17. Jamiyatda adolatsizlik holatlariga qarshi kurashda yuristlarning oʻrni va roli qanday? Fikringizni misollar bilan tushuntiring?
18. Ma’lum bir maqsadga erishishda axloqiy fazilatlarning inson hayotidagi ahamiyati qanday?
19. Jamiyatda qonuniylik va adolat hukm surishi uchun juda koʻp omillar amal qilishi kerak. Shunday omillardan biri aholining oʻz huquq va majburiyatlarini yaxshi bilishi, ularni amalga oshira olishidir. Aholining huquqiy ongini koʻtarishda yuristlarning oʻrni va roli nimalarda namoyon boʻladi?
20. Yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalashdan koʻzlangan maqsad nima deb oʻylaysiz?
21. Yuridik sohani egallashni maqsad qilib olgan har bir kishi, albatta, huquqshunoslikka qiziqib, u haqida muayyan tasavvurlarga ega boʻladi, chunki yurist kasbi jamiyatning huquqiy tizimi bilan chambarchas bogʻliq. Mazkur sohani tanlashda siz qaysi jihatlarga ko‘proq e’tibor qaratgan bo‘lar edingiz?
22. Shaxsiy kunlik rejangizni tuzayotganingizda asosiy va ikkilamchi vazifalarni ado etishda “vazifalarni boʻlish” qoidasiga amal qilasizmi, agar shunday bo‘lsa yoritib bering.
23. Oldingizga qoʻygan eng asosiy maqsad va unga erishish yoʻlida amalga oshirilishi zarur boʻlgan kichik maqsadlaringizni bayon qiling.
24. Yurist etikasida axloqiylik bilan axloqsizlik holatlari qanday oʻrin tutadi?
25. Yurist uchun zaruriy boʻlgan kasbiy koʻnikmalar ichida yozma nutq oʻta muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, yurist faoliyati bevosita hujjatlar bilan bogʻliq holda kechadi? Yozma nutqning kasbiy faoliyatda tutgan oʻrnini asoslab bering.
26. Ma’naviyat va ma’rifat tushunchalariga izoh bering?
27. Maʼlumki, yuristlar faoliyati bevosita jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasidagi nizolarni hal etish bilan bogʻliq. Fikringizcha, yuristlar bunday masalalarni hal etishda qanday tamoyillarga tayanadilar?
28. Qadimgi Rimda amaliyotchi yurist, albatta, notiq boʻlishi talab etilgan. Agarda, birorta yuristning nutqi aholida avvalgiday qiziqish uygʻotmasa, bu holda bu yuristning ishi orqaga keta boshlagan, chunki unga kam kishi yoki umuman hech kim himoya soʻrab murojaat qilmagan. Yurist faoliyatida ogʻzaki nutqning tutgan oʻrnini tushuntirib bering.
29. Jamiyatda ayrim insonlar yoshligidan maʼlum bir kasbga qiziqib, shu kasb egasi boʻlishi uchun doim harakat qiladi. Ayrim toifadagi insonlarning kasb tanlashida esa ularda shakllangan xarakter katta rol oʻynaydi. Sizningcha, yurist kasbini egallash uchun shaxsda qanday xarakter yoki sifatlar shakllangan boʻlishi kerak?
30. Jamiyatda ayrim toifadagi shaxslar korrupsiya boshqa sohalarga qaraganda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari orasida keng tarqalgan, degan fikrda. Boʻlajak huquqshunos sifatida siz bunga qanday qaraysiz va uni oʻzgartirish uchun nima qilgan boʻlardingiz?
31. Sizni oʻrab turgan muhitda oʻz ishlaringizni rejalashtirib yurishingizga qaramay ayrim omillar tufayli vaqtingiz rejadan tashqari ishlarga sarflanadi. Oʻz shaxsiy misolingizda shunday holatlarni aniqlab, ularni bartaraf etish boʻyicha qanday takliflarni aytgan boʻlardingiz?
32. Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish deganda nimani tushunasiz?
33. Jamoa muvaffaqiyatga erishishi uchun jamoa yetakchisi – liderning ahamiyati katta. Jamoani muvaffaqiyatli boshqarishda liderning vazifalari, xatti-harakati va yetakchilik sifatlarini tahlil qiling.
34. Ishlarni rejalashtirish samaradorlikni oshirishga qanchalik yordam beradi? Ishlarni qanday tartibda rejalashtirgan foydaliroq? Xotiradami yoki qogʻozga tushirilganimi?
35. Gen yaʼni tugʻma qobiliyatlar tabiatda eng kuchli iqtidor sohiblarini yaratadi. Siz ushbu fikrga qanchalik qoʻshilasiz? Masalan, rahbarlik yoki liderlik qobiliyatlari tugʻma boʻlishi mumkinimi?
36. Siz oldingizga qoʻygan maqsadingizga erishishda namuna boʻlishi mumkin boʻlgan zamonamizning eng muvaffaqiyatli kishilari faoliyatidan misollar keltiring.
37. Yuksak maʼnaviyatli, qatʼiy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashga ega boʻlgan fidoyi va vatanparvar yoshlarni qanday tarbiyalash mumkin?
38. Huquqshunoslik sohasini tanlaganlardan yuksak maʼnaviy fazilatlarni egallash talab etiladi. Sizningcha, ana shu yuksak fazilatlar deganda nimalar tushuniladi?
39. “Soʻzamollik” va “notiqlik”ning oʻxshash va farqli jihatlarini izohlab bering. Ushbu koʻnikmalarni qanday rivojlantirish mumkin?
40. Ijtimoiy tarmoqlarning hayotingizdagi oʻrni qanday? Siz ulardan qanday maqsadlarda foydalanasiz?
41. Fuqarolarda ekologik madaniyatni shakllantirish uchun nimalar qilish lozim deb hisoblaysiz?
42. Huquqshunosning muomala madaniyati va uning etiket jihatdan barkamol boʻlishi lozimligi yuzasidan fikrlaringizni yoritib bering.
43. Korrupsiya va uning jamiyat rivojiga boʻlgan salbiy jihatlari haqida oʻz fikr va mulohazalaringizni bayon qiling. Korrupsiyaga toqatsizlik deganda nimani tushunasiz?
44. Siz motivatsiyani qanday tushunasiz va uni kimlardan yoki nimalardan olasiz?
45. Yoshlarni yot gʻoyalar taʼsiridan himoya qilish uchun nimalar qilish lozim deb hisoblaysiz?
46. Fuqarolik jamiyatini rivojlanishida salohiyatli va malakali huquqshunosning roli haqida fikr yuriting.
47. Gender tenglik deganda nima tushunasiz. Yangi Oʻzbekistonda gender tengligini taʼminlash borasida qanday amaliy islohotlar amalga oshirilmoqda?
48. Prokrastinatsiya, yaʼni biror ishni bajarishni dangasalik natijasida yoki sababsiz kechiktirish bilan bogʻliq muammolarga duch kelganmisiz? Punktuallik, yaʼni har bir ishni oʻz vaqtida bajarish koʻnikmasini qay darada oʻzlashtirgansiz?
49. Davlat xizmatlari markazlarining asosiy vazifalari va “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyilining asosiy mazmunini yoritib bering.
50. Yoshlarning maʼnaviy kamol topishiga salbiy taʼsir etuvchi omillar yuzasidan fikr va mulohazalaringizni bildiring. Kitobxonlikni targʻib qilish orqali bu muammolarga yechim topish mumkinmi?
51. Bugungi kunda inson vaqtini oʻgʻirlaydigan qanday vositalar yaʼni xronofaglarni bilasiz va ulardan qay tarzda oqilona foydalanish mumkin deb oʻylaysiz?
52. Sizningcha, qanday omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qiladi?
53. Huquqshunosning professional faoliyatida shaxsiy fazilatlarning roli va ahamiyati qanday?
54. Shaxsiy rivojlanish rejasini tuzishda shaxs oʻzini oʻzi real baholashi qanchalar muhim? Fikringizni hayotiy misollar bilan asoslang.
55. Huquqshunos oʻz oldiga qoʻyishi mumkin boʻlgan biror yirik maqsad misolida unga erishish uchun kichik va oʻrta muddatlarda amalga oshiriladigan ishlarni aytib bera olasizmi?
56. Shaxsiy rivojlanish rejasini tuzishda shaxs oʻzini oʻzi real baholashi qanchalar muhim? Fikringizni hayotiy misollar bilan asoslang.
57. Huquqshunos faoliyatida shaxsiy rivojlanishning aniq rejasiga ega boʻlish unga qanday imkoniyatlar yaratadi, deb hisoblaysiz?
58. Huquqshunos nutqining taʼsirchanligi qanday omillarga bogʻliq?
59. Kishilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda kitobning ahamiyati nimada deb bilasiz?
60. Sizningcha, huquqshunos nutqi boshqa kasb egalari nutqidan qaysi muhim sifatlari bilan ajralib turishi lozim?
61. Aristotel: “Kishining goʻzalligi libosida emas, balki tilida” degan ekan.
Savol: Buyuk faylasufning bu fikrini qanday izohlash – sharhlash mumkin?
62. Omma oldiga chiqib nutq soʻzlash huquqshunoslardan juda koʻp sifatlarni, fazilatlarni talab qiladi.
Savol: Ularning ayrimlarini kengroq izohlab bera olasizmi?
63. Davlat ayblovchisi – prokurorning suddagi nutqi qanday meʼyorlar asosida tuzilishi kerak?
64. Advokat nutqini samarali, sud qaroriga oʻz taʼsirini oʻtkaza oladigan darajada boʻlishini taʼminlaydigan qanday muhim omillarni keltira olasiz?
65. Uzluksiz maʼnaviy tarbiya – milliy yuksalish kafolati boʻla oladimi?
66. Mantiqiy fikrlashni shakllantiruvchi omillarga nimalar kiradi?
67. Mantiqiy fikrlashning asosiy talablarini tushuntiring.
68. Huquqshunos faoliyatida tafakkur qonunlarining ahamiyati nimalar bilan izohlanadi?
69. Yurist mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirib borishi bilan qanday koʻnikmalarga ega boʻladi?
70. Nima uchun yuristlar oʻzida tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirishi kerak?
71. Nima uchun toʻgʻri qaror qabul qilish koʻnikmalarini rivojlantirish kerak, yurist faoliyatida toʻgʻri qaror qabul qilish koʻnikmalarining o‘rni qanday?
72. Siz qarorlarni qanday qabul qilasiz? Oʻzingizning tajribangizdan kelib chiqib misollar keltiring.
73. Jamoada ishni tashkil etishda liderning rolini tushuntiring.
74. Rahbar va lider tushunchalari oʻrtasidagi mushtarak va farqli jihatlar bormi?
75. Jamoa ishining afzalliklari. Jamoa ishi muvaffaqiyatining asosiy omillarini sanang.
76. Huquqshunoslar jamoasi ishini toʻgʻri tashkil etishlari uchun nimalarga eʼtibor qaratishlari lozim?
77. Axloq va huquq oʻrtasida qanday o‘xshash va farqli tomonlar mavjud?
78. Yurist kasb etikasining eng muhim xususiyatlarini yoritib bering.
79. Axloqiy sifatlarning shaxs takomili, uning hayot yoʻlidagi ijobiy taʼsiri nimalarda namoyon boʻlishi xususida hayotiy misollar yordamida mulohaza yuriting.
80. Mutaxassisning mehnat faoliyati, kasbiy yutuqlarida unga qanday axloqiy sifatlar yordam beradi?
81. “Isbotlanmagan ayb – isbotlangan aybsizlikka teng” degan qoidani tushuntirib bering?
82. Manfaatlar toʻqnashuvi deganda nimani tushunasiz? Yuristning manfaatlar toʻqnashuvini oldini olishda o‘rni qanday?
83. Shaxs ma’naviyatini shakllantirishda ta’limning rolini yoritib bering.
84. Shaxs ma’naviyatini rivojlantirishda ma’naviy qadriyatarning o‘rni qanday?
85. Odamni shunchaki eshitish bilan astoydil tinglash oʻrtasida qanday farq bor? Qay biri foydaliroq ekanini misollar bilan izohlang.
86. Siz oʻzingizni jamoada ishlay oladigan odam deb hisoblaysizmi? Javobingizni hayotiy misollar bilan asoslang.
87. Nima uchun ish beruvchilar sizning nizoni hal qila olish koʻnikmangiz bor-yoʻqligiga katta eʼtibor qaratishadi, deb oʻylaysiz?
88. Oldinga qoʻyilgan maqsadga toʻla erishish uchun shaxsdan nimalar talab qilinadi?
89. Kuchli tazyiq yoxud bosim ostida qaror qabul qilishingizga toʻgʻri kelganida, vaziyatdan qanday chiqar edingiz?
90. Muzokaralar olib borish koʻnikmasini qanday shakllantirish mumkin?
91. Kommunikativ koʻnikmalarni rivojlantirishning asosiy usullari nimalar boʻlishi mumkin?
92. Odil sudlov qaysi axloqiy va huquqiy asoslarga tayanishi lozim?
93. Sud jarayonining axloqiy xususiyatini taʼminlashda sudyaning roli nimalardan iborat boʻladi?
94. Sud muzokarasi ishtirokchilariga boʻlgan umumiy axloqiy talablar haqida gapirib bering.
95. Shaxs va millatning ma’naviy kamoloti o‘zaro bog‘liqmi?
96. Sizningcha, huquqshunos imijining zamonaviyligi nimalarda namoyon boʻladi?
97. Zamonaviy yurist imijini shakllantirish bilan oʻz-oʻzini rivojlantirish oʻrtasida qanday aloqa mavjud, deb oʻylaysiz?
98. Huquqiy munosabatlarda, huquqshunosning kundalik faoliyatida etiket qanday namoyon boʻlishi lozim?
99. Ijobiy imij yaratish orqali qanday masalalar hal qilinadi?
100. Muayyan imijni shakllantirishning asosiy maqsadi nima? Yurist imijini shakillantirishning o‘ziga xos jihatlarini yoriting.