Янгиликлар
16
Qoraqalpog'iston yuridik texnikumi bitiruvchilariga “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga test sinovlarisiz yakka tartibda suhbat o‘tkazishda tushadigan savollar
2024/2025 o‘quv yili yakuniga ko‘ra Qoraqalpog'iston yuridik texnikumi bitiruvchilariga “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga test sinovlarisiz yakka tartibda suhbat o‘tkazishda tushadigan savollar
R O ‘ Y X A T I
Talabgorning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini aniqlash
Savollar
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari hamda muassasalari haqida ma’lumot bering ?
2. Xalq hokimiyatchiligi deganda nimani tushunasiz? Xalq hokimiyatchiligining mazmun va mohiyatini batafsil yoritib bering.
3. Referendum nima? Mamlakatimizda referendumni oʻtkazishning huquqiy asoslarini aytib bering.
4. Davlat hokimiyatining boʻlinishi prinsipi deganda nimani tushunasiz? Ushbu prinsipning mazmun va mohiyatiga toʻxtaling.
5. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning toʻla huquqli subyekti ekanligi nimalarda namoyon boʻladi?
6. Jamoatchilik nazorati deganda nimani tushunasiz? Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari xususida fikr yuriting.
7. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi deganda nimani tushunasiz? Oʻzbekiston Respublikasida Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini ta’minlanish masalalariga atroflicha toʻxtaling.
8. Inson va fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari deganda nimani tushunasiz? Inson huquqlari haqida xalqaro hujjatlar haqida ma‘lumot bering.
9. Ma’muriy-hududiy tuzilish tushunchasi va uning tamoyillarini atroflicha muhokama qiling.
10. Huquqiy madaniyat va huquqiy ong tushunchalarining oʻzaro bogʻliqligini misollar yordamida izohlang.
11. Markaziy va mahalliy davlat organlarini bir biridan farqlang.
12. Davlatning belgilarini muhokama qiling.
13. Huquq normasi tushunchasi, belgilari va xususiyatlarini izohlab bering.
14. Normativ huquqiy hujjatlar tushunchasi va turlarini muhokama qiling.
15. Huquqiy pretsedentni huquqning shakli sifatida muhokama qiling.
16. Huquqning shakllarini sanang va atroflicha muhokama qiling.
17. Huquq shakllari tushunchasini muhokama qiling.
18. Huquqni sharhlash usullari va uning turlarini atroflicha tavsiflab bering.
19. Huquqbuzarlik nima va uning asosiy belgilarini muhokama qiling.
20. Mehnat huquqiy munosabatlari subyektlariga taʼrif bering.
21. Saylov tizimini tushuntirib bering.
22. Davlat mexanizmi nima? Uning tarkibiy qismlarini nimalar tashkil etadi.
23. Huquqiy ong tushunchasini muhokama qiling. Uning ahamiyatini amaliy misollar yordamida izohlang.
24. Huquqiy tarbiya tushunchasi va uning vositalarini tushuntiring. Uning jamiyat hayotidagi tutgan oʻrnini yoritib bering.
25. Oldi-sotdi shartnomasining taraflarlari kimlar? Ularning huquq va majburiyatlarini izohlang.
26. Yuridik shaxs tushunchasiga ta’rif bering?
27. Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlarni sanab bering.
28. Jinoyat obyekti deganda nima tushuniladi?
29. Jinoyat deganda nima tushuniladi?
30. Jinoiy jazoning maqsadi nimalardan iborat?
31. Jazo tizimida qanday qoʻshimcha jazolar mavjud?
32. Jarima jazosini tushuntirib bering.
33. Parlament nazorati nima?
34. Siyosiy partiyalar to‘g‘risida ma‘lumot bering.
35. Aybsizlik prezumpsiyasi tushunchasini amaliy misollar bilan yoritib bering.
36. Jinoyatlarni tasniflash tushunchasini va turlarini izohlang.
37. Amnistiya akti hamda avf etish asosida jazodan ozod qilishning farqli jihatlarini izohlang.
38. Jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi, uning turlari va shakllarini izohlang.
39. Bir qancha jinoyat sodir etish tushunchasi va turlarini izohlang.
40. Sudlanganlik tushunchasi va uning jinoiy-huquqiy ahamiyati nimada ?
41. Voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligi haqida ma‘lumot bering ?
42. Jamoat birlashmalari haqida ma‘lumot bering.
43. Jazodan ozod qilish tushunchasi va turlarini izohlang.
44. Hayotga qarshi jinoyatlar va ularning turlarini izohlang.
45. Ommaviy axborot vositalari tushunchasini izohlang.
46. Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega subyektlarni sanab bering.
47. Korrupsiya deganda nimani tushunasiz?
48. Qonunchilikni tizimlashtirish deganda nimani tushunasiz?
49. Huquqiy nigilizm va huquqiy idealizm tushunchalarini yoriting va ularni atroflicha muhokama qilib, farqli jihatlarini koʻrsating.
50. Davlatning funksiyalarini tushuntirib bering?
51. Davlat shakllari va uning turlarini haqida nimani bilasiz?
52. Huquq ijodkorligi haqida fikr bildiring.
53. Murojaatlarning shakllari hamda turlarini aytib bering.
54. O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati va sud tizimi haqida fikr yuriting.
55. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining shakllantirish tartibini Konstitutsiya va qonunchilik asosida yoritib bering.
56. Prokuratura organlari hamda ularning vazifalari haqida ma‘lumot bering.
57. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda uning vakolatlarini tahlil qiling.
58. Yashash joyini erkin tanlash huquqi deganda nimani tushunasiz?
59. “Vijdon erkinligi” tushunchasining mazmun-mohiyati nimada?
60. Muomala layoqati haqida tushunchangizni bayon eting.
61. Fuqarolarning siyosiy huquqlarini izohlab bering.
62. Huquqiy munosabatlar tushunchasi, belgilari va turlari haqida nimalarni bilasiz?
63. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Konstitutsiyasiyaviy asoslarini tushuntiring.
64. Davlat va xalq munosabatlarini konstitutsiyaviy asoslarini yoriting.
65. Mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari haqida ma‘lumot bering.
66. Advokatura hamda notariat sohalarini izohlang ?
67. Shaxsning huquqiy maqomi tushunchasini yoritib bering.
68. Sudda himoyalanish huquqini tushuntiring?
69. Fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi huquqi deganda nimani tushunasiz?
70. Bilim olish huquqingizni yoritib bering.
71. Huquq deganda nimani tushunasiz?
72. Emansipatsiya tushunchasiga ta’rif bering va uni izohlang.
73. Vakillik tushunchasiga ta’rif bering.
74. Sudga murojaat qilish shakllarini tushuntiring.
75. Jinoyat uchun javobgarlik deganda nimani tushunasiz va uning asoslari qanday?
76. Mehnat shartnomasi nima?
77. Xabeas korpusi hamda Miranda qoidalarining mazmunini yoriting.
78. Davlat tuzilishi shakli nima?
79. Qonuniylik deganda nimani tushunasiz?
80. Huquq normasining asosiy belgilari nimalardan iborat?
81. Demokratiya tushunchasi va shakllarini izohlang.
82. Nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik deganda nimani tushunasiz?
83. Fuqarolarning asosiy burchlari nimalardan iborat?
84. Yagona fuqarolik deganda nimani tushunasiz?
85. Oilaning jamiyat va davlat tomonidan muhofaza qilinishini huquqiy asoslang.
86. Jamiyat hayotida ommaviy axborot vositalarining oʻrni qanday?
87. Ishonchsizlik votumi tushunchasi nima hamda uning Konstitutsiyaviy asoslarini izohlang.
88. Huquqbuzarlikning asosiy belgilarini sanab bering?
89. Fuqarolik-huquqiy munosabatlar deganda nimani tushunasiz?
90. Jinoyatning qanday belgilari mavjud?
91. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosining mohiyati nimadan iborat?
92. Jinoiy jazoning qanday turlari mavjud?
93. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olish asoslarini tushuntirib bering.
94. Intizomiy jazo turlari hamda ularning qo‘llanilish asoslarini tuhuntiring.
95. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun beriladigan jazo choralari turlari hamda ularning mazmunini izohlang.
96. Davlat boshqaruv shakliga koʻra monarxiya va respublikaga boʻlinadi. Ularning farqli va oʻxshash jihatlarini muhokama qiling.
97. Davlat tuzilishi shakli sifatida konfederatsiyani tavsiflang va uning belgilarini koʻrsating.
98. Huquq layoqati va muomala layoqati tushunchalarini izohlab bering.
99. Ish vaqti va dam olish vaqti tushunchasini tushuntirib bering.
100. Qonunchilik jarayoni qanday bosqichlardan iborat ?