Янгиликлар
16
Qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh va uning oqibatlari
Qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh va uning oqibatlari
Qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh – insoniyat tarixining deyarli barcha davr-u davlatlariga ma’lum, hozirda kurrai zaminning kamida 10 foiz aholisi hayotiga taalluqli bir fenomen.
Garchi Oila kodeksining 16-moddasida nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh taqiqlangan bo‘lsada, 2021- yilning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda 1210 nafar qarindosh bir-biri bilan oila qurgan. Ulardan 529 nafari xolavachcha , 307 juft tog‘avachcha,178 nafari amakivachcha va 196 nafar er-xotin esa ammavachcha. Bu boradagi eng yuqori ko‘rsatkich Qashqadaryo va Surxandaryoda qayd etilgan - birinchisida 371 ta, ikkinchisida esa 343 ta qarindoshlar nikohi ro‘yxatga olindi.
Aslida qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh mavzusi dunyo uchun ham, tarix uchun ham yangilik emas. Sayyoramizning 1 mlrd aholisi qarindoshlararo turmushni ma’qul ko‘ruvchi jamiyatlarda yashaydilar.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, asosan rivojlangan mamlakatlarda qarindoshlar o‘rtasidagi nokohlar soni kamaygan – bunga ma’lum ma’noda taqiqlar ham sabab bo‘lgan. Xitoy, Tayvan, Koreya, Filippin kabi davlatlarda, shuningdek AQSH ning 24 ta shtatida yon shajara bo‘yicha qarindoshlar o‘rtasidagi nikohga qonuniy cheklov o‘rnatilgan. Ayni vaqtda, rivojlanayotgan mamlakatlarda bu holat hali ham nisbatan ko‘p uchraydi. Yaqin Sharq ning ayrim mamlakatlari, jumladan, Saudiya Arabistonda yaqin qarindoshlar nikohi 70 foizdan oshishi mumkin, Iroqda 33 foiz, qo‘shni Afg‘onistonda esa 30-40 foizni tashkil etadi. Bunday nikoh oqibatida bolalarning o‘lik tug‘ilishi yoki erta o‘lim holatlari sezilarli darajada ko‘paygani ortidan 2016-yili Tojikistonda ham yaqin qarindoshlar nikohi taqiqlangan.
Beruniy tumani adliya bo‘limi
FHDYO bo‘limi 2 darajali inspektori D.Kurbanova