Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Xorijga chiqish biometrik pasportini pochta orqali yetkazish yo‘lga qo‘yildi


Xorijga chiqish biometrik pasportini pochta orqali yetkazish yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston fuqarolari uchun xorijga chiqish biometrik pasportini olish yanada qulaylashdi. Endilikda ushbu hujjatni Davlat xizmatlari markazi orqali buyurtma bergan shaxslar pasportni to‘g‘ridan-to‘g‘ri uy manziliga pochta orqali yetkazib berilishini tanlashlari mumkin.
Bu tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-noyabrdagi PQ-380-sonli qarori asosida joriy etilgan bo‘lib, mamlakat aholisining hayotini yengillashtirish va davlat xizmatlarining sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Xizmatdan foydalanuvchi ariza topshirish jarayonida pasportni pochta orqali olishni tanlasa, tayyor hujjat ma’lumotlarni yig‘ish punktidan pochta xizmati xodimiga topshiriladi. Shundan so‘ng, pochta xodimi foydalanuvchiga telefon orqali bog‘lanib, so‘rovnomada ko‘rsatilgan manzilga pasportni yetkazib beradi.
•    Toshkent shahri va viloyatlar markazida – yetkazish muddati 1 ish kuni.
•    Qolgan hududlarda – 2 ish kuni.
Pochta orqali yetkazish xizmatining narxi pochta xizmati tomonidan belgilanadi va ushbu xarajat foydalanuvchi tomonidan qoplanadi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, ushbu to‘lov qaytarilmaydi.
Agar foydalanuvchi belgilangan vaqtda uy manzilida bo‘lmasa, u 10 ish kuni davomida pasportni tegishli hududdagi pochta bo‘limidan olishi mumkin. Ushbu muddat ichida pasport olinmasa, hujjat yana ma’lumotlarni yig‘ish punktiga qaytariladi. Bunday holatda foydalanuvchi pasportni faqat o‘zi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida olib ketishi mumkin.
16 yoshdan katta fuqarolarga pasport faqat biometrik identifikatsiya — ya’ni barmoq izi yoki Face-ID orqali taqdim etiladi. Bu esa xavfsizlik va shaxsiy ma’lumotlarning daxlsizligini ta’minlaydi.
Ushbu yangi tartib fuqarolarga vaqt va mablag‘ni tejash imkonini beradi. Endilikda davlat xizmatlarini olishda yurtdoshlarimiz ortiqcha navbat va tashvishlardan xalos bo‘ladi. Eng asosiysi — pasport endi o‘z egasiga bevosita va ishonchli tarzda yetkaziladi.

To‘rtko‘l tumani Adliya bo‘limi
Davlat Xizmatlari Markazi Akt sho‘basi bosh mutaxasisi     Q.Reimboyev