Янгиликлар
16
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda kimlarga 50 foiz chegirma qo‘llaniladi ?
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda kimlarga 50 foiz chegirma qo‘llaniladi ?
Quyidagi shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz (https://my.gov.uz/uz)) orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi:
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga;
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga.
Tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlarda ushbu chegirma qo‘llanilmaydi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni (https://lex.uz/uz/docs/-5530487)
To‘rtko‘l tumani adliya adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi U.Yuldashev