Янгиликлар
16
Kredit tarixini Cheklash Xizmati
Kredit tarixi har bir insonning moliyaviy faoliyati haqida muhim ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda firibgarlik va noqonuniy kredit olish holatlari ko‘paygani sababli, ko‘plab fuqarolar o‘z kredit tarixini himoya qilishga ehtiyoj sezmoqda. Shu maqsadda kredit tarixini cheklash xizmati joriy etilgan bo‘lib, uni my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yoki Kredit Axborot Tahlil Markazining KATM mobil ilovasi orqali amalga oshirish mumkin.
Kredit Tarixini Cheklash Xizmati.
Bu xizmat orqali fuqaro o‘z kredit tarixiga uchinchi shaxslarning ruxsatisiz kirishini cheklash imkoniga ega bo‘ladi. Natijada noma'lum tashkilotlar yoki boshqa shaxslar kredit tarixini tekshira olmaydi, bu esa firibgarliklarning oldini olishga yordam beradi. Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish – Kredit tarixiga ruxsatsiz kirishlarning oldini olish uchun, firibgarlikning oldini olish – Begona shaxslar nomidan noqonuniy kredit olinishi ehtimolini kamaytirish maqsadida va moliyaviy nazoratni kuchaytirish – Kredit olishni faqat shaxsiy ruxsat bilan amalga oshirish uchun kerak.
Xizmatdan Kimlar Foydalanishi Mumkin?
O‘z kredit tarixini himoya qilishni istagan barcha fuqarolar.
Kredit firibgarligidan xavotirda bo‘lgan shaxslar.
O‘z kredit tarixini faqat tanlangan banklar bilan cheklashni xohlagan mijozlar.
Kredit Tarixini Cheklash Xizmatidan Qanday Foydalanish Mumkin?
Ushbu xizmatni my.gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qulay tarzda rasmiylashtirish mumkin. Buning uchun quyidagi bosqichlarni bajarish lozim.
My.gov.uz saytiga kiring – shaxsiy kabinetingizga kiring.
"Kredit tarixini cheklash" xizmatini tanlang – Qidiruv oynasida ushbu xizmatni toping va oching. Arizani to‘ldiring – Kerakli ma'lumotlarni kiritib, kredit tarixini cheklash bo‘yicha ariza to‘ldiring. Tasdiqlash va yuborish – Arizani ko‘rib chiqing, tasdiqlang va tegishli tashkilotga yuboring. Natijani kuzatib boring – Xizmat natijasini shaxsiy kabinet orqali kuzatishingiz mumkin, agar kredit tarixini cheklash xizmati muvafaqqiyatli faollashtirilsa telefon raqamingizga “FREEZE” xizmati faollashtirildi deb sms keladi.
O‘zbekistonda kredit tarixini yurituvchi tashkilot Kredit Axborot Tahlil Markazi (KATM) bo‘lib, kredit tarixini boshqarish imkoniyatini taqdim etadi. Jahon miqyosida esa AQSh va Yevropada "Credit Freeze" (Kreditni muzlatish) xizmati keng qo‘llaniladi.
Kredit tarixini cheklash xizmati moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash va firibgarlikning oldini olish uchun muhim vositadir. My.gov.uz portali orqali ushbu xizmatdan foydalanish jarayoni yanada osonlashgan bo‘lib, har bir fuqaro o‘z moliyaviy barqarorligini himoya qilish imkoniyatiga ega.
To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi
AKT bo‘lim bosh mutaxassisi Q.Reimboyev