Янгиликлар
13
Qonunchilikdagi yangiliklar
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish tartibga solinadi. Bu haqda 14-aprel 2025 yildagi O‘RQ-1056-son bilan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilandi.
Mazkur Qonun bilan “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Hujjat qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solinadi.
Qonun bilan, qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchilar qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarishda quyidagi bir yoki bir nechata vakilchiliklar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi shartnomalarini tuzishda quyidagilar tartibga solinishi belgilandi.
Xususan:
Tabiiy va texnogen ofatlar;
yong‘in;
o‘simliklarning zararkunandalar va kasalliklardan zararlanishi;
qishloq xo‘jaligi hayvonlarining yuqumli kasalliklari tarqalishi va zaharlanishi;
yovvoyi hayvonlar tomonidan ekinlarning payhon qilinishi yoki qishloq xo‘jaligi hayvonlariga zarar yetkazilishi;
uchinchi shaxslarning xatti-harakatlari.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi ushbu sohada muvofiqlashtiruvchi davlat organidir.
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sug‘urta mukofotlarining bir qismini hamda yetkazilgan zararning sug‘urta mukofotlari va qayta sug‘urta qilish mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilinmagan qismini qoplash uchun budjet subsidiyalari ajratish orqali amalga oshiriladi.
Muhim oʼzgarishlardan biri, hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi sug‘urtalovchi sifatida Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etilishi belgilandi.
To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi,
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuristkonsulti D.Allabergenov