Янгиликлар
13
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlarni tartibga solish tartibi qanday?
Oila to‘g‘risidagi qonunchilikning vazifalari oilani mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o‘zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolarining mas’ulligi hissi asosida qurishdan, biron-bir shaxsning oila masalalariga o‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘ymaslikdan, oila a’zolari o‘z huquqlarini to‘sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta’minlashdan iboratdir.
Shu jumladan, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar bilan oilaviy munosabatlarda bo`lish O`zbekiston Respublikasining Oila kodeksi hamda Vazirlar Mahakamasining 20.10.2023-yildagi 550-son qarori va unga ilovalar bilan tartibga solingan.
Xususan, Kodeksning sakkizinchi bo`limi aynan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlarni tartibga solishga bag`ishlangan, unga ko`ra, O‘zbekiston Respublikasi FHDY organlarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining MDH mamlakatlari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan nikohini qayd etish hamda chet el fuqarolari o‘rtasidagi nikohni qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bilan nikohini qayd etish, agar nikohni qayd etish O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi hududida joylashgan o‘sha davlatning qonunlari bilan tan olinganda, shuningdek imzolashda o‘sha davlat va O‘zbekiston Respublikasi qatnashgan bitim yoki bu xalqaro shartnomalarga muvofiq hollardagina konsul tomonidan amalga oshiriladi.
Xulosa o`rnida aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uning hududida oilaviy munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlardan foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega bo‘ladilar.
Beruniy tumani adliya bo‘limi
bosh maslahatchisi, 2-darajali yurist, Sh.Ismailov