Янгиликлар
13
“Avtomobil tarixi” haqida ma’lumotnoma berish.
“Avtomobil tarixi” haqida ma’lumotnoma berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi "Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 612-son qaroriga asos davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi Jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadi.
Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidir.
Bu xizmatdan foydalanish uchun murojaatchilar Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladilar va So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSH SHIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
avtotransport vositasining davlat raqami belgisi;
avtotransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumoti (seriyasi va raqami).
Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun:
to‘liq nomi;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
STIRi;
avtotransport vositasining davlat raqami belgisi;
avtotransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumoti (seriyasi va raqami).
Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori
Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdori.
Qo‘ng‘irot tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi
bosh mutaxassisi G.Orakbayeva