Янгиликлар
13
Uydan chiqmagan holda davlat xizmatlaridan foydalanish mumkinmi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g'risida”gi PF-5278-son Farmoniga asos Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari tashkil etilgan.
Xalqimizga va tadbirkorlarga ularning vaqtini tejashga, yanada ochiqlik va qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz va new.birdarcha.uz veb sayitlari ishga tushirilib, unda hozirgi kunda 360 ga yaqin davlat xizmatlari joylashtirilgan bo‘lib, har bir murojaatning ijrosi yuzasidan Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan nazorat qilinib boriladi. Bu esa xalqimizga va tadbirkorlarga hesh bir Markazlarga yoki bevosita xizmat ko‘rsatuvchi organlarga bormasdan yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalangan holda davlat xizmtlarini erkin olish imkoni yaratilganligining, Davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yangi bosqishga o‘tganligining yorqin dalilidir.
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g'risida” 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g'risida”gi 2017 yil 9-fevraldagi VM-66-son Qaroriga asos “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish” davlat xizmati mavjud bo‘lib, murojaatchilar ushbu davlat xizmatidan foydalanilganda davlat boji, yig'imlar va boshqa to‘lovlar Markazlar orqali murojaat etganda to‘lanadigan summadan 90 foiz miqdorida to‘laydilar. Natijada davlat xizmatidan hech qanday navbatsiz, erkin foydalanib, o‘zlarining qimmatli vaqtini, ayniqsa, mablag'larini tejaydilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida” 2019 yil 15-fevraldagi PQ-4193-son Qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorda ortiqcha byurokratik jarayonlarni tubdan qisqartirish va davlat xizmatlari ko‘rstish milliy tizimini yanada rivojlantirish maqsadida bir qancha vazifalar belgilab o‘tilgan. Endilikda, 2019 yil 1 iyundan boshlab davlat xizmatlarini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda davlat boji, yig'imlar va boshqa to‘lovlar Markazlar orqali yoki bevosita xizmat ko‘rsatuvchi organlarga murojaat etganda to‘lanadigan summadan 90 foiz miqdorida to‘lanishi belgilangan.
Davlat xizmatlarini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz va new.birdarcha.uz veb saytlaridan foydalaning, o‘zlaringizning vaqtingizni, mablag'ingizni tejang va oila davrasida baxitli hayot kechiring.
Qo‘ng‘irot tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi direktori B.Matniyazov