Янгиликлар
13
Elektron raqamli imzo nima va uni qanday olish mumkin?
Elektron raqamli imzo nima va uni qanday olish mumkin?
Hujjatni tasdiqlashning asosiy elementlaridan biri bu imzodir. Hujjatlarni raqamlashtirish bilan birgalikda elektron raqamli imzo (ERI) yaratildi. Bu an’anaviy imzoning muqobil varianti bo‘lib, elektron hujjatlarni imzolash va haqiqiyligini tekshirishda shaxsni tasdiqlash uchun ishlatiladi. ERI vaqt va pulni sezilarli darajada tejaydi hamda ikki yil muddatga beriladi. Elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish va Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 348 sonli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qomitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.
ERI davlat xizmatlarining barcha turlariga masofadan kirishni ta’minlaydi va hujjatlarning haqiqiyliga kafolat bo‘lib xizmat qiladi hamda qalbakilashtirishdan himoya qiladi. ERI qanday olinadi? ERIni uchta usulda olish mumkin:
•davlat xizmatlari markazida; •masofadan (onlayn) yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida; •masofadan (onlayn) Eri ro‘yxatga olish markazining rasmiy veb- saytida - e-imzo.uz. Elektron raqamli imzo kalit yegasi shaxsni tasdiqlovchi xujjatning asl nusxasi bilan birga USB flesh xotira taqdim yetishi lozim.
Jismoniy shaxslar: Shaxsni tasdiqlovchi guvohnomani nusxasi (pasport, harbiy bilet, haydovchilik guvohnomasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat);
Elektron raqamli imzo kalitini royxatdan otkazish va sertifikatni berish uchun imzolangan ariza. Yuridik shaxslar: Yuridik shaxsni vakili – Elektron raqamli imzo kalit yegasining shaxsni tasdiqlovchi guvohnomani nusxasi (pasport, harbiy bilet, haydovchilik guvohnomasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat);
ERI berish uchun to‘lov jismoniy shaxslar uchun hisoblangan bazaviy qiymatning 7% va yuridik shaxslar uchun 10% ni tashkil qiladi. To‘lovni 8 soat ichida istalgan usulda amalga oshirish mumkin: Click, PayMe yoki Paynet orqali. Shundan so‘ng siz o‘zingizning arizangizni veb-saytda topishingiz va chop etishingiz mumkin.
Elektron imzodan qanday foydalanish kerak? Sertifikatni yuklab olib, kalitni saqlaganingizdan so‘ng, ERIdan foydalanib hamda kalit parolini kiritgan holda my.gov.uz saytidagi shaxsiy kabinetingizga kirishingiz kerak. my.gov.uz veb-saytidan tashqari, ERI my.soliq.uz, stat.uz, faktura.soliq.uz, fo.birdarcha.uz, shop.uzex.uz va boshqa veb-saytlarida ham ishlatilishi mumkin. ERIning mavjudligi davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish imkonini beradi.
Qo‘ng‘irot tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi
kata mutaxassisi U.To‘rebaev