Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Bir tomonlama ariza asosida nikohdan ajratish tartibi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori va Oila kodeksining tegishli moddalari asosida quyidagi holatlarda FHDYO organlari bir tomonlama ariza bilan nikohdan ajratishni amalga oshiradi:
- Er-xotindan biri sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa;
- Er-xotindan biri ruxiy kasallik sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa;
- Er-xotindan biri 3 yildan kam muddatga ozodlikdan mahrum etilgan, bolalari va mulkiy nizolari bo‘lmasa — ikkala tomonning roziligi bilan ajrim FHDYO orqali amalga oshiriladi.
Bedarak yo‘qolgan deb topilgan shaxs ro‘yxatga olingan manzilidan qat’i nazar, nikoh FHDYO tomonidan ajratiladi.
Agar bedarak yo‘qolgan deb topilgan shaxs keyinchalik qaytib kelib, sud qarori bekor qilinsa, er-xotinning birgalikdagi arizasiga asosan nikoh qayta tiklanishi mumkin.
Lekin agar boshqa taraf yana turmush qurgan bo‘lsa, nikohni tiklash mumkin emas. Bu holatda, qaytgan shaxsga ajrashganlik haqida guvohnoma beriladi.

Beruniy tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi
yetakchi mutaxassisi J.Jumabayev