Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Qonunchilikdagi yangiliklar


Joriy yilning 27-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironlik pensiyalari va kompensasiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish to‘g‘risida”gi PQ 194-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu Qarorga ko‘ra 2025-yil 1-iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensasiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:
- fuqarolarga I yoki II guruh nogironligi belgilanganda pensiyalarni alohida murojaat talab etmasdan proaktiv shaklda tayinlash. Bunda fuqaroga proaktiv shaklda tayinlangan pensiyalarni rad qilish huquqi beriladi;
- ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga hamda yadro poligonlari va boshqa radiasiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslarga kompensasiyalarni elektron ma’lumotlar almashinuvi asosida proaktiv shaklda tayinlash;
- nogironlik pensiyasi tayinlangandan so‘ng kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lganda fuqaroning pensiya miqdorini har 2 yilda proaktiv shaklda qayta hisoblash.
2025-yil 1-oktyabrdan davlat pensiya ta’minotiga oid hamda AT “Xalq banki” tomonidan pensiyalarni naqd pul shaklida to‘lash bilan bog‘liq xizmatlar fuqarolarni biometrik identifikasiya qilish (Face-ID) hamda ularning imzosini elektron shaklda olish orqali amalga oshiriladi.

Amudaryo tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Matyusupov Mansur.