Янгиликлар
13
Inson huquqlari.
O‘zbekiston Respublikasida barcha teng huquq va majburiyatga ega. Eʼtirof etish joizki, mamlakatimizda insonning asosiy huquq va erkinliklarini taʼminlash O‘zbekistondagi islohotlarning o‘zagi hisoblanadi.
Ayniqsa, inson huquqlarini taʼminlash borasidagi islohotlar “Strategiya-2030” da ko’rsatib o’tilgan. Mazkur hujjat doirasida qonun ustuvorligiga erishish, sud-huquq tizimini takomillashtirish, jazo turlarini liberallashtirish, qiynoqlarning oldini olish, gender tengligini, shuningdek, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, so‘z erkinligini mustahkamlash, qolaversa, insonparvarlik tamoyili asosida yo‘ldan adashganlarga yana bir imkon berish hamda ularni jamiyatga moslashtirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. 2020 yilda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi qabul qilingani ham inson huquqlarini taʼminlash borasida qo‘yilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Ombudsman institutining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri fuqarolar murojaatlari bilan ishlashdir. Har qanday mamlakatdagi Ombudsman faoliyati samaradorligini bevosita unga yuborilayotgan murojaatlar statistikasi va ularning hal etilishini tahlil qilish orqali o‘rganish mumkin.
Chunki Inson huquqlari bo‘yicha vakilga xalqning ishonchi bo‘lsagina murojaatlar yuboriladi. Shu nuqtai nazardan, “Ombudsman xalq bilan muloqotga kirisha olyaptimi?” degan savolga Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar sonining ortib borayotgani nuqtai nazaridan “Ha” deb javob berish mumkin.
Qolaversa, Ombudsman faoliyati bo‘yicha jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida hal etilgan murojaatlar haqidagi xabarlar, rasmiy munosabatlar, Ombudsman tomonidan ko‘tarib chiqilayotgan muammoli masalalar, monitoring tashriflari, sayyor qabullar, fuqarolar qabuli va boshqa yo‘nalishlardagi saʼy-harakatlarimizga oid xabarlar saytimizda va OAVda eʼlon qilib borilishi ham aholining Ombudsman faoliyatidan keng xabardor bo‘lish imkonini bermoqda.
Qo‘ng‘irot tumani adliya bo‘limi
bosh maslahatchisi B.A.Sharipov