Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibga solish bo‘yicha


Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-apreldagi 200-son qaroriga asosan Yo‘nalishsiz taksi faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Mazkur Nizom yengil avtomobil transportida yo‘nalishsiz taksi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Yo‘nalishsiz taksi faoliyati yuridik va jismoniy shaxslar (o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar) tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu Nizom yo‘nalishli taksilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
agregator — yo‘lovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
yo‘nalishsiz taksi — yo‘lovchilarning buyurtmanomalariga ko‘ra yo‘lovchilarni va ularning bagajini tashish uchun haq evaziga xizmatlar ko‘rsatadigan, haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga hamda litsenziya varaqasiga ega bo‘lgan yengil avtotransport vositasi;
yo‘nalishsiz taksilarning maxsus jihozlangan to‘xtash joyi — ma’lumotlar ko‘rsatkichlari bilan jihozlangan, tegishli yo‘l belgilari qo‘yilgan hamda yo‘lovchilarni o‘tqazish (tushirish) va yo‘nalishsiz taksilarning to‘xtab turishi uchun mo‘ljallangan, ko‘chalarning yo‘lovchi yurmaydigan qismidagi maxsus maydoncha;
litsenziya varaqasi — litsenziya talablari va shartlariga majburiy rioya qilingan holda, yo‘lovchilarni tashishda foydalaniladigan har bir avtotransport vositasiga litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun beriladigan ruxsatnoma (litsenziya);
haydovchi — avtotransport vositasini boshqaruvchi shaxs.
Yo‘nalishsiz taksiga qo‘yiladigan talablar
Yo‘nalishsiz taksi sifatida foydalaniladigan har bir avtotransport vositasi texnik jihatdan soz holatda bo‘lishi va Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi, shuningdek, quyidagi talablarga javob berishi kerak:
ushbu Nizomning 6 va 7-bandlarida belgilangan yagona tanish belgilarining mavjud bo‘lishi;
to‘lovlarni agregator yoki boshqa elektron to‘lov tizimlari orqali qabul qilish imkoniyati yaratilgan bo‘lishi;
yo‘nalishsiz taksi texnik holati va jihozlarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lishi;
shahar yo‘nalishlarida avtotransport vositasining ekspluatatsiyasi 15 yildan ortiq bo‘lmasligi;
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi mavjud bo‘lishi;
taksometr funksiyalarini ta’minlaydigan maxsus ilovaga ega moslamalar (shu jumladan, uyali telefonlar, planshetlar) bilan ta’minlangan bo‘lishi.
Vagon tipidagi (“Damas” va shu tipdagi) avtotransport vositalarida yo‘nalishsiz taksi sifatida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilar sifatida foydalaniladigan hamda yagona tanish belgilari bilan jihozlangan avtotransport vositalarida yo‘lovchilarni olish va tushirish maqsadida “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi amal qilish hududida yo‘lovchilarni tushirish-chiqarishga (yuklarni ortish-tushirishga) ruxsat etiladi.
Yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilar sifatida foydalaniladigan hamda yagona tanish belgilari bilan jihozlangan avtotransport vositalariga:
yo‘lovchilarni olish va tushirish maqsadida “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi amal qilish hududida, shu jumladan, aeroport va vokzallarga tutash hududlarda to‘xtash;
aeroportlar, temir yo‘l vokzallari, avtovokzallar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan qurilish mollari, dehqon va buyum bozorlari hamda savdo majmualarining pulli to‘xtash joylariga yo‘lovchilarni olish va tushirish uchun bepul kirish;
yo‘nalishli transport vositalari uchun ajratilgan maxsus harakatlanish yo‘lagi bo‘ylab harakatlanish huquqi beriladi.
Mazkur band ushbu Nizomning 6 va 7-bandlarida belgilangan yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan, yo‘lovchilarni buyurtma asosida tashishda foydalaniladigan hamda litsenziya varaqasiga ega bo‘lmagan yengil avtotransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan yo‘nalishsiz taksilarni boshqarishga haydovchilik guvohnomasida “V” toifasi bo‘lgan, 21 yoshga to‘lgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va kamida uch yillik haydovchilik stajiga ega hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan shaxslar qo‘yiladi. Haydovchi faoliyatini mehnat va dam olish rejimiga rioya etgan holda amalga oshiradi.
Amalga oshirilishi uchun litsenziya berilgan faoliyat turi bilan faqat shu litsenziyani olgan jismoniy yoki yuridik shaxs shug‘ullanishi mumkin. Litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarning haydovchilari ishlayotganda tegishli litsenziya varaqasiga hamda yo‘lga chiqishdan oldin avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan va haydovchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida yo‘l varaqasiga ega bo‘lishi shart.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar:
o‘z avtotransport vositasini bir yilda bir marotaba texnik ko‘rikdan o‘tkazishi;
bir yilda bir marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga ega bo‘lishi shart.
Haydovchi faoliyatini litsenziya varaqasida ko‘rsatilgan hududda va unga tutash hududda amalga oshirishi mumkin.
Bunda litsenziya varaqasida ko‘rsatilgan hudud avtotransport vositasiga berilgan davlat raqami belgilarining hududiy kodlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
Yo‘nalishsiz taksida muntazam yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi jamoat transportining yo‘nalish sxemalariga muvofiq (muntazam yo‘nalishlarda) yoki trafaret qo‘ygan holda yo‘lovchi tashishi taqiqlanadi.
Yo‘nalishsiz taksi haydovchisining belgilangan talablarga nomuvofiqligi aniqlangan hollarda haydovchiga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan choralar qo‘llaniladi.

Xo‘jayli tumani adliya
bo‘limi Davlat xizmatlar
markazi katta mutaxassisi OteuliyevAzamat