Янгиликлар
12
Otalikni belgilash va yolg‘iz onadan tug‘ilgan farzandlarning tug‘ilishini qayd etish.
Otalikni belgilash va yolg‘iz onadan tug‘ilgan farzandlarning tug‘ilishini
qayd etish.
Bolaning tug‘ilishini qayd etish majburiy bo‘lib hisoblanadi va FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi. Bolaning tug‘ilganligini qayd etish bolaning tug‘ilganligi haqida ma’lumotnoma (tug‘ilganlikni kompleks davlat xizmati sifatida qayd etish bundan mustasno), ota-onasining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari va nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma asosida qayd etiladi. Ota haqidagi ma’lumot nikoh tuzilganligi haqida givohnomaga asos yoziladi.
Bolaga familiya ota-onasining kelushuviga ko‘ra ota yoki onaning familiyasi bo‘yicha, shuningdek ota yoki ona tomonidan boboning ismi bo‘yicha beriladi.Tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvida “Otasi” va “Onasi” ustunlarini ochiq qoldirish qat’iyan man etiladi.Bolaning nasl-nasabi bo‘yicha qandayda bir nizolar bo‘lsa sud tartibida hal qilinadi.
Agar bolaning otasi va onasi o‘rtasida nikoh qayd qilinmagan bo‘lsa, ota haqidagi ma’lumot ota-onaning birgalikdagi «Otalikni belgilash haqidagi ariza»siga asos yoziladi.otalikni belgilash haqida ariza alohida hollarda bola tug‘ilmasdan oldin ham berilishi mumkin.Ishonchnoma bo‘yicha otalikni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar tug‘ilishni qayd etishda bolaning otasi ishtirok etmasa, bolaning tug‘ilishi yolg‘iz ona sifatida qayd etilishi mumkin.Bunday holatda ota haqidagi yozuv onaning arizasi bo‘yicha kiritiladi. Tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvida bolaning otasining familiyasi onasining familiyasi bo‘yicha, bola otasining ismi, ota ismi va millati onaning ko‘rsatmasi bo‘yicha qayd etiladi.
Farzandlar ota-onalarining nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat’I nazar, qonun oldida teng.
To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi
FHDY bo‘limi mudirasi T.Musayeva